Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Bolalar” guruhining sobiq xonandasi Tohir Sodiqov do‘stlari bilan tushgan suratini folloverlariga taqdim etdi.

Foto: Instagram

Aktyor Aziz Rametov 24-noyabr kuni otasi Jumadulla Rametovning tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonladi. Ma’lumot uchun, aktyor Jumadulla Rametov 67 yoshni qarshi oldi.

Xonanda Ruxshona sahifasiga onasi bilan tushgan suratini joylab, tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va samimiy tilaklarini bildirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Jahongir Poziljonov hamkasbi Janob Rasulning uyiga mehmonga bordi.

“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Shohrux to‘yi kunida hamkasbi, yaqin do‘sti marhum xonanda Jasur Rafiqov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktyor Alisher Uzoqov muxlislari uni ko‘chada ko‘rib qolgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Xonanda Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Jasur Umirov uylanayotganini ma’lum qildi.

“Sharof akaning harakatlarini o‘zlaridan boshqa hech kim qila olmasa kerak. Harakat qilardim, lekin kulgiliroq chiqar edi. Sharof aka o‘ynasa, o‘sha o‘yinlar yoqadi menga. Nasib bo‘lsa, to‘yimda Sharof akam bilan o‘ynaymiz. To‘y yaqin, Xudo xohlasa”, — deydi xonanda.

Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev hayotiy mulohazalarini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

“Oybek va Nigora” dueti xonandasi Nigora turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Dubayda hordiq chiqarmoqda. Nigora sayohat davomida to‘ng‘ich farzandi kasal bo‘lib qolganini, shifokorga murojaat qilganini aytdi va xavotir olgan barcha muxlislariga minnatdorlik bildirdi.

Aktyor Jahongir Xo‘jayev obunachilariga insonning boshiga kulfat tushganida faqat ota-onasi oldida bo‘lishi haqida gapirib berdi.

Foto: Instagram

Xonanda Sevara Nazarxon barcha muxlislariga yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladi.

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova Makka shahrida tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Shuningdek, Feruza Normatova Umra safari bilan bog‘liq ma’lumotlarni va xotiralarini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Feruza Normatova muxlislariga hech qachon mahzun bo‘lmaslikni, Alloh har doim qalblarda bo‘lishini aytdi.

Xonanda Munisa Rizayeva bolaligida tushgan arxiv suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda yangi raqsini muxlislariga taqdim etdi.

Aktrisa Mashhura Zulfiqorova baxt har doim xohlagan ishni qilish emas, har doim qilayotgan ishni qilishda ekani haqida fikr bildirdi.

Foto: Instagram

Ayni paytda Turkiyada og‘ir dard bilan kurashayotgan aktrisa Ra’no Shodiyevaning qizi Raxshona Mahmudova qiz farzandni dunyoga keltirdi.

“Afandining qizlari” kulgi jamoasi a’zosi Muborak Abdullayeva guruh faoliyati yakunlanganini, 3 yil davomida jamoadoshlari Nigina Rajabova va Nigora Abdullaxonova bilan yaxshi xotiralar qolgani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: