Bugun, 24-noyabr kuni xorijiy davlatlarning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev Koreya elchisi Kim Xi Sang, Qirg‘iziston elchisi Musa Jamanbayev, Jazoir elchisi Bumediyen Gennad, Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulov, Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi Jonatan Xenikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni samimiy qutlab, O‘zbekistonda diplomatik missiyasini boshlagani bilan tabrikladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Biz kelgusi 10 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini ikki barobarga oshirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Buning uchun bizda xohish-iroda ham, intilish va imkoniyatlar ham yetarli. Bunday ulug‘vor marralarga erishish uchun sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga yetkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etishni hisob-kitob qilganmiz. Mamlakatimiz eshiklari jahon uchun, dunyo bozorlari esa yurtimiz uchun ochiq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari yangi elchilar vakillari bo‘lgan davlatlar bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Koreya Respublikasi – O‘zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Davlatlararo munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Oxirgi besh yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmi ikki barobar ko‘paygan, bu yil esa 30 foizga o‘sib, 2 milliard dollarga yetgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2023-yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va O‘zbekiston-Koreya biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlardan  hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini topish va rivojlantirish uchun samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Qirg‘iziston elchisiga murojaat qilar ekan, Shavkat Mirziyoyev o‘zbek va qardosh qirg‘iz xalqi tarixi va an’analari mushtarak bo‘lgan yaqin qo‘shnilar ekanini qayd etdi. Barcha dolzarb masalalar o‘z vaqtida, har ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda qardosh xalqlarning farovonligi yo‘lida hal etilmoqda. Ayniqsa, erishilgan kelishuvlar asosida chegara masalalari hal qilingani misli ko‘rilmagan umumiy yutuq bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mintaqaviy infratuzilma loyihalari, jumladan, Qambar-ota gidroelektr stansiyasi hamda O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi boshlangani ham do‘st xalqlarning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi.

O‘zbekiston prezidentining dekabr oyida Qirg‘izistonga bo‘lajak tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.

Jazoir – arab-musulmon olamida jadal rivojlanib borayotgan mamlakat. Ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida 2023-yili Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning ilk yig‘ilishini hamda “Made in Uzbekistan” sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifi bildirildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qozog‘iston bilan so‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalarning sur’ati yuqori bo‘lib kelmoqda. Parlamentlararo munosabatlar, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Ustuvor sohalarda 3 milliard 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zaro savdo hajmi ham muttasil o‘sib borayapti. Bu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 20 foizga ortib, 4 milliard dollarga yaqinlashgani ham mamlakatlar salohiyati naqadar katta ekanini ko‘rsatadi.

Dekabr oyi boshida Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning global miqyosdagi eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biridir. Bu yil davlatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining o‘ttiz yilligi hamda Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanganining yigirma yilligi nishonlandi.

Davlat rahbari o‘zaro strategik sheriklikning yangi sharoitida O‘zbekiston savdo va investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, energetika, ta’lim, innovatsiya, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Marosim yakunida O‘zbekiston prezidenti elchilarning mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Foto

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman