Disney kinokompaniyasi “Avatar: Suv yo‘li” blokbasterining yangi treylerini taqdim etdi. Rejissor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan kinokartinaning davomi 16-dekabrda katta ekranlarga chiqadi.

“Avatar” filmining yangi qismi birinchi filmi taqdim etilganidan 13 yil o‘tib kinoteatrlarda namoyish etiladi. Filmda aktyor Sem Uortington tomonidan gavdalantirilgan qahramon Jeyk Salli va uning oilasi doimiy yashash joylarini tark etishga va Pandora sayyorasining aniqlanmagan hududlariga borishga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, kinokartinada  Zoi Saldana, Sigurni Uiver, Keyt Uinslet, Stiven Leng, Mishel Yeo va boshqa mashhur aktyorlar suratga tushgan. Filmning davomiyligi 3 soat-u 12 daqiqani tashkil qiladi.

Mavzuga doir: