Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Nazar” nomli yangi taronasini muxlislariga taqdim etdi. Xonanda qo‘shig‘ini yaqinlari davrasida premyera qildi.

Shuningdek, Yulduz Usmonova aktrisa Halima Ibragimova va Nilufar Usmonova bilan “Kel” nomli taronasini ijro etdi.

Instabloger Javohir Rasulov Umra safarini ado etganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Qilichbek Madaliyev qiziqchi Avaz Oxunning konsert dasturida qo‘shiq kuyladi.

Lola “O‘zbekiston modalar haftaligi”da maxsus unvon bilan taqdirlandi, xonanda unga bu mukofot berilishini kutmaganini, biroq yoqimli lahzalar bo‘lgani haqida gapirdi.

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev qizlarining suratini folloverlariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Manzura Umra safarini ado etib, O‘zbekistonga qaytib kelganini ma’lum qildi. Xonandaning shou-biznes olamidagi yaqinlari — Mashhura Zulfiqorova, Zarnigor G‘aniyeva, Dildora Niyozova, Rayhon Ulasenova va dugonalari uni ko‘rish uchun xonadoniga tashrif buyurdi.

Xonanda Munisa Rizayeva faqat kuchli fe’l-atvorga ega, moslashuvchan insonlar boshqalarning fikriga e’tibor bermasdan va o‘zi xohlagan tarzda yashashi haqida aytdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Rayhon Asadova yangi suratini muxlislariga namoyish etdi.

Foto: Instagram

Mahoratli raqqosa Parizoda onlayn raqs kursini sotuvga chiqarishi haqida muxlislariga gapirib berdi.

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova Umra safarini ado etib, O‘zbekistonga qaytib keldi.

Foto: Instagram

Shuningdek, aktrisa Umra safaridan qaytganidan keyin faqat bir kun mehmon kutishi, ortiqcha isrofgarchiliklarga va yaqinlarini zahmatga qo‘yishni istamasligi haqida muxlislariga gapirib berdi.

Feruza Normatova safarga olib borgan iPhone 14 Pro Max’ini chemodanidan chiqarmagani, telefon haqida umuman o‘ylamaganini aytdi.

Aktrisa yaqinlari uni kutib olgani va aeroportdan chiqib, Sirdaryoga borgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.

“Oybek va Nigora” dueti xonandasi Nigora o‘g‘illari bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Xonanda Dilso‘z tez kunlarda hoji ota, hoji onalarga atalgan yangi qo‘shig‘ini taqdim etishi haqida obunachilariga gapirib berdi.

Rejissor Jahongir Ahmedov o‘g‘li bilan tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Aktrisa Halima Ibragimova o‘z hamkasbi tomonidan pichoqlangan aktyor va prodyuser Farhod Badalovning videosini muxlislariga taqdim etdi.

Aktyor Javohir Zokirov rafiqasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova yo‘l o‘rtasiga chiqib qolgan eshakni chetga chiqarib qo‘yib, uning hayotini saqlab qolgani haqida folloverlariga gapirib berdi.

Shuningdek, aktrisa oila a’zolari bilan tog‘da dam olayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

“Eski shahar” guruhi xonandasi Jasmin tez kunlarda muxlislariga yangi taronasiga ishlangan videoklipni taqdim etishini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva Istanbuldagi reysiga kechikib borgani, yo‘lni yo‘qotib qo‘ygani va so‘nggi daqiqalarda mo‘jiza ro‘y berib, unga yordam berishgani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: