“Bunyodkor” yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev faoliyatini “Rubin”da davom ettiradi.

Foto: “Rubin”

Rahmonaliyevning Toshkent klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31-avgustida yakunlanadi.

“Rubin” va “Bunyodkor” 19 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Qozon jamoasi mashg‘ulotlariga muddatidan avval qo‘shiligi borasida kelishuvga erishgan.

Qayd etish kerak, tomonlar avgust oyida kelishuvga erishgandi. Rus OAV “Bunyodkor” futbolchisi uchun 1 million dollar talab qilgani haqida xabar bergandi.

Rahmonaliyev Superliga joriy mavsumida 21 ta o‘yin o‘tkazib, oltita gol urishga erishdi.