14-noyabr kuni vafot etgan sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Jasur Rafiqov hayotining so‘nggi damlarida to‘shakka mixlanib qolgan edi. Bu haqda xonanda yashagan mahalla raisi “Milliy” telekanalining “Millar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

“Jasurning to‘shakka mixlanib qolganiga bir yillar bo‘lgan edi. Eshitishimizcha, 2-3 yil avval tomog‘ida saraton kasalligi aniqlangan. Kasallik metastaza berib, boshiga ham zarar yetkazgan. Rahmatli Jasurning onasi mahallada juda faol ayol, ammo o‘g‘lining kasalligi tufayli oxirgi bir yil ichida mahallaga chiqa olmay qolgandi. Jasurning sog‘lig‘i tobora orqaga keta boshladi. Shuning uchun onasi doimo uning yonida bo‘ldi. Jasurning barcha yaqinlariga ta’ziya bildiramiz”, — deydi poytaxtdagi “Otchopar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ulug‘bek Ahmedov.

Ma’lumot uchun, “Ummon” guruhining yana bir xonandasi Zohid Risqiyev 29-sentabr kuni avtohalokatga uchrab, komaga tushgan edi. U haligacha o‘ziga kelgani yo‘q.