Sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Jasur Rafiqov 14-noyabr kuni vafot etdi. Bu haqda guruhning yana bir a’zosi, xonanda Shohrux o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @shoxrux_ummon

Jasur Rafiqov bir necha yildan buyon saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi.

Avvalroq Shohrux avtohalokat tufayli komada bo‘lgan do‘sti  Zohid hamda xastalikka chalingan Jasur uchun muxlislaridan duo so‘ragan edi.