O‘zbekiston vaqti bilan 13-noyabr tongida AQShning Nyu-York shahrida UFC 281 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Musobaqaning asosiy jangi o‘rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya va Aleks Pereyra o‘rtasida kechdi. Dastlabki to‘rtta raunddan uchtasi Adesanya ustunligida o‘tdi. Beshinchi raundda Pereyra zarbalar ketma-ketligini yo‘llagan holda raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa Aleks Pereyra UFC o‘rta vazn toifasining yangi chempioniga aylandi.

Yana asosiy janglardan birida ayollar minimal vazn toifasi chempioni Kayla Esparsa sobiq chempion Jang Veyliga qarshi oktagonga chiqdi. Xitoylik yakkakurashchi raqibini hech qanday imkon qoldirmadi va ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan g‘alabaga erishdi. Shu tariqa Veyli kamarini qaytarib oldi.

Dastin Porye bo‘g‘ish usuli bilan Maykl Chendlerni yenggan bo‘lsa, Kris Gutyerres afsonaviy Frenki Edgarni nokautga uchratdi.

Shu va boshqa natijalar bilan quyida tanishing:

Asosiy kard

  • Aleks Pereyra 5-raunddagi texnik evaziga Israel Adesanyani mag‘lub etdi;
  • Jang Veyli 2-raundda bo‘g‘ish usuli bilan Karla Esparsani yengdi;
  • Dastin Porye 3-raundda sabmishen evaziga Maykl Chendlerni taslim etdi;
  • Kris Gutyerres 1-raundda Frenki Edgarni nokautga uchratdi;
  • Den Huker 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Klaudio Puelyesni yutdi.

Prelim kard

  • Renato Moykano 1-raundda Bred Riddelni sabmishen orqali yutdi;
  • Rayan Spann 1-raundda Dominik Reyesni nokautga uchratdi;
  • Erin Blenchfild 1-raundda sabishen bilan Molli Makkenni taslim etdi;
  • Andre Petrovski ochkolar evaziga Vellington Turmanni yengdi;
  • Mett Frevola 1-raundda Ottman Azaytarni nokautga uchratdi;
  • Karolina Kovalkevich ochkolar evaziga Silvana Xuaresdan ustun keldi;
  • Mayk Trizano 1-raundda Choy Shin Uni nokaut qildi;
  • Montel Jekson ochkolar evaziga Xulio Arseni yutdi;
  • Karlos Ulberg 1-raundda Nikolae Negumeryanuni nokautga uchratdi.