AQShning 45-prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tiffani Tramp sevgilisi, nigeriyalik milliarder Maykl Bulosga turmushga chiqdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: Daily Mail

To‘y 500 kishi ishtirokida 12-noyabr kuni Trampning Florida shtatidagi Palm-Bich mulkida bo‘lib o‘tdi. 29 yoshli Tiffani o‘zidan to‘rt yosh kichik erkak bilan turmush qurdi. Donald Tramp to‘y kuni qiziga hamrohlik qildi. Tiffani munchoqlar bilan tikilgan, Elie Saab brendining hashamatli oq libosida ko‘rinish berdi. Kelinning fatasi uzun bo‘lib, hashamatli sirg‘alar uning ko‘rinishini ochib berdi. Tiffanining guldastasi esa nafisligi bilan ajralib turdi.

Foto: Instagram / Ivanka Trump

To‘yda Tiffanining onasi, Donald Trampning sobiq rafiqasi Marla Meypls, shuningdek, uning o‘gay singlisi Ivanka Tramp ham ishtirok etgan. U marosimga turmush o‘rtog‘i va uchta farzandi: to‘ng‘ich qizi va ikki o‘g‘li bilan kelgan. Ivanka yunoncha uslubdagi ko‘k libosda ko‘rinish bergan.

Foto: Daily Mail

Tiffani Tramp va Maykl Buros uchrashuvi

Tiffani Tramp va Maykl Bulos 2018-yilda Gretsiyaning Mikonos orolida uchrashgan. O‘sha paytda Tiffani Jorjtaun huquqshunoslik fakulteti talabasi bo‘lgan, Maykl esa London shahar universitetida loyihalarni boshqarish bo‘yicha tahsil olgan.

Maykl 2021-yilda Oq uydagi atirgul bog‘ida Tiffaniga taxminan 1,2 million dollarlik zumraddan o‘yilgan 13 karatli olmos uzuk bilan turmush qurishni taklif qilgan.

Foto: Daily Mail

Foto: The New Daily

“Tiffani dabdabali to‘yni rejalashtirishni kutayotgan edi. Uning turmush o‘rtog‘i juda badavlat oiladan, ular butun dunyo bo‘ylab barcha do‘stlari ushbu voqeani ular bilan nishonlashlarini xohlagan”, — dedi insayder jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil milliarder Bill Geytsning qizi misrlik yigitga turmushga chiqqandi, juftlik nikoh marosimiga 300 ga yaqin mehmonni taklif qilgandi. Mazkur to‘y 2 million dollarga baholangan.