O‘zbekistonda 2022-yil oktabr holatiga ko‘ra eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga “hh.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eng ko‘p maoshli mutaxassislik axborot texnologiyalari sohasi bo‘lib, unda maksimal darajadagi oylik ish haqi 44,8 mln so‘mga teng bo‘lgan.

Sentabr oyida oliy menejment sohasi vakillari eng ko‘p o‘rtacha ish haqi olgan — 12 mln so‘m. Mahalliy xodimlar esa eng kam 2,8 mln so‘m o‘rtacha oylik olishgan.

O‘rtacha oylik maosh bo‘yicha oktabr oyida sentyabrga qaraganda sohalar kesimida eng katta o‘sish transport va logistika sohasida kuzatilgan — 80 foiz.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari sohasida esa 54 foizlik pasayish qayd etilgan bo‘lsa, ma’muriy xodimlarda bu ko‘rsatkich 33 foizni tashkil qilgan.

Oliy menejment:

  • Eng kam — 3 mln;
  • O‘rtacha — 12 mln;
  • Eng ko‘p — 33 mln.

Konsalting:

  • Eng kam — 3,2 mln;
  • O‘rtacha — 11,8 mln;
  • Eng ko‘p — 33,6 mln.

Axborot texnologiyalari:

  • Eng kam — 2 mln;
  • O‘rtacha — 10,7 mln;
  • Eng ko‘p — 44,8 mln.

Buxgalteriya hisobi va moliya:

  • Eng kam — 1,5 mln;
  • O‘rtacha — 10,3 mln;
  • Eng ko‘p — 25,1 mln.

Transport, logistika:

  • Eng kam — 2 mln;
  • O‘rtacha — 10 mln;
  • Eng ko‘p — 20 mln.

Xodimlarni boshqarish, treninglar:

  • Eng kam — 2,5 mln;
  • O‘rtacha — 9,3 mln;
  • Eng ko‘p — 22,4 mln.

Qurilish, ko‘chmas mulk:

  • Eng kam — 2 mln;
  • O‘rtacha — 8,4 mln;
  • Eng ko‘p — 27,6 mln.

Tibbiyot, farmatsevtika:

  • Eng kam — 2,2 mln;
  • O‘rtacha — 7,7 mln;
  • Eng ko‘p — 20,1 mln.

Fan, ta’lim:

  • Eng kam — 1,5 mln;
  • O‘rtacha — 7,4 mln;
  • Eng ko‘p — 19,8 mln.

Banklar, investitsiyalar, lizing:

  • Eng kam — 1,6 mln;
  • O‘rtacha — 7,1 mln;
  • Eng ko‘p — 20,1 mln.

Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi:

  • Eng kam — 2 mln;
  • O‘rtacha — 6,9 mln;
  • Eng ko‘p — 17,6 mln.

Marketing, reklama, PR:

  • Eng kam — 1,7 mln;
  • O‘rtacha — 6,3 mln;
  • Eng ko‘p — 18,7 mln.

Ma’muriy xodimlar:

  • Eng kam —1,7 mln;
  • O‘rtacha — 6,3 mln;
  • Eng ko‘p — 10,5 mln.

Savdo:

  • Eng kam — 2 mln;
  • O‘rtacha — 6,2 mln;
  • Eng ko‘p — 20,1 mln.

Advokatlar:

  • Eng kam — 2,2 mln;
  • O‘rtacha — 6,1 mln;
  • Eng ko‘p — 16,6 mln.

Ishchi xodimlar:

  • Eng kam — 1,5 mln;
  • O‘rtacha — 5,5 mln;
  • Eng ko‘p — 20 mln.

San’at, ko‘ngilochar, ommaviy axborot vositalari:

  • Eng kam — 1,6 mln;
  • O‘rtacha — 5,3 mln;
  • Eng ko‘p — 12,6 mln.

Turizm, mehmonxonalar, restoranlar:

  • Eng kam — 680 ming;
  • O‘rtacha — 4,8 mln;
  • Eng ko‘p — 11,7 mln.

Xavfsizlik:

  • Eng kam — 1,6 ming;
  • O‘rtacha — 3,6 mln;
  • Eng ko‘p — 8,9 mln.

Mahalliy xodimlar:

  • Eng kam — 680 ming;
  • O‘rtacha — 2,8 mln;
  • Eng ko‘p — 6,8 mln.

Mavzuga doir: