Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Umidaxon to‘y xizmatlarining birida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani ko‘rib qolgani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Shuningdek Umidaxon tez kunlarda obunachilariga yangi qo‘shiq va klipni taqdim etishini ma’lum qildi.

Xonanda Afruza yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi va bir inson boshqa insonga qanday munosabatda bo‘lsa unga ham shunday muomala qilishlari haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola Ahmedova tez kunlarda yangi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova koronavirus bilan kasallanib, ma’lum muddat uydan ko‘chaga chiqa olmagani haqida muxlislariga gapirib berdi.

Xonanda Shahlo Ahmedova obunachilariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Taniqli aktyor Aziz Umrzoqov ikki o‘g‘ildan keyin jajjigina qizaloqning otasiga aylandi. U qizi bilan tushgan videosini obunachilariga namoyish qildi.

Bunyodbek Saidov otasi bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi va ularga insonga bu hayotda ota-onadan boshqa hech do‘st bo‘la olmasligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Ozoda Nursaidova Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun konsert berganini va medal bilan taqdirlanganini ma’lum qildi.

Shuningdek Ozoda Nursaidova Moskva ko‘chalarini sayr qildi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Birlashgan Arab Amirliklaridan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Durdona Qurbonova yangi suratini sahifasiga joyladi va obunachilariga duo qilish kerakligini, Alloh imkonsiz narsalarni ham ijobat qilishini aytdi.

Foto: Instagram

Yulduz Turdiyeva Buxoroga, ota-onasinikiga mehmonga bordi. Xonanda uyda chiroq o‘chib qolgani, qorong‘ilik va sham yorug‘idan ilhomlanib, muxlislariga Alisher Navoiyning g‘azalini o‘qib bergani aks etgan videoni e’lon qildi.

“Alisher Navoiy bobomiz ham svet yo‘qligi uchun shu she’rni yozganlar, menimcha”, —deydi xonanda.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova Moskva shahrida tushgan suratini folloverlariga taqdim etdi.

Foto: Instagram

Iste’dodli raqqosa Parizoda ijodiy jamoasidagi qizlar bilan Turkiyadagi kinofestivalda ishtirok etgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Xonanda Bahrom Nazarov konsert dasturida muxlislari davrasida qo‘shiq kuylagani aks etgan videoni namoyish qildi.

Aktrisa Sitora Farmonova muxlislariga hayotdan zavq olib yashash kerakligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Feruza Jumaniyozova “Navo” telekanalining musiqiy dasturida qo‘shiq kuyladi.

Mavzuga doir: