Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaro ko‘chada kiyimlarini yechgan holda yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videodagi vaziyat 5-noyabr kuni soat 22:00 larda Denov tumani “Yangi hayot” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilmasdan, kiyimlarini yechib, yalang‘och holatda harakatlangan.

Holat tuman IIB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Natijada ushbu huquqbuzarlikni fuqaro S.M. (1999-yilda tug‘ilgan) sodir etgani aniqlangan.

“Yalang‘och holda yurganimdan pushaymonman. Xalqimdan, prezidentdan kechirim so‘rayman”, — degan u.

U holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan javobgarlikka tortilgan.