Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Aziza Xalilova muxlislariga Istanbuldan ko‘rinish berdi.

“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Shohrux folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Sitora Alimjonova muxlislariga xonanda Ravshan Sobirovning xitga aylangan “Nega aytgin” taronasini kuylab berdi.

Shahzoda Matchonova obunachilariga baletga borgani haqida aytdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Yulduz Rajabova Turkiyada o‘tkazilayotgan “Ko‘rkut ata” festivalida “Eng yaxshi aktrisa” sifatida e’tirof etildi.

Nilufar Usmonova farzandlari va marhum buvisi bilan tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva “Uyga qaytish” filmini suratga olish jarayonlaridan yangi videolavhalarni e’lon qildi.

Shahlo Zoirova folloverlariga inson ishlamaguncha orzulari amalga oshmasligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda muxlislariga ijodiy jamoasidagi raqqosa qizlar Turkiyada mashinada raqsga tushgani aks etgan videoni namoyish qildi.

Ra’no Shodiyeva Turkiyaning Bursa shahrida o‘tkazilayotgan kinofestivalda taqdirlandi. Aktrisa sentabr oyida jigar operatsiyasini boshdan kechirib, ayni paytda shifoxonada davolanmoqda. Shuning uchun mukofotni Shodiyevaning o‘rniga uning dugonasi Rayhon Ulasenova qabul qildi.

Xonanda Shahzoda kenja o‘g‘li Xalid bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Zohid Risqiyevning rafiqasi Kamola Ortiqova xonandaning ahvolida o‘zgarish yo‘qligini ma’lum qildi va obunachilaridan turmush o‘rtog‘ini duo qilishni so‘radi.

“Aristokratlar” kulgi jamoasi a’zosi Jahongir Xo‘jayev muxlislariga Villi Vonka, Janob Bin, Charli Chaplin obrazlarida ko‘rinish berdi.

Bollivudning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Aliya Bhatt ilk marta ona bo‘ldi.

Foto: Instagram

Xalq ardog‘idagi aktrisa Ra’no Yarasheva xonadoniga yaqin insonlari tashrif buyurgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Shohruxxon Qozog‘istonning Turkiston shahrida bergan konsert dasturida sahnadan turib yon-atrofiga atir purkadi.

Xonanda Ozoda Nursaidova Samarqanddagi to‘y xizmatlariga borgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Munisa Rizayeva muxlislari bilan o‘z hayotiy xulosalarini bo‘lishdi. Xonanda inson har doim o‘ziga ishonishi, hech kimdan hech narsani kutmasdan yashash to‘g‘riligini, hattoki yuzda yosh bo‘lsa ham, tabassum qilish kerakligini aytdi.

Foto: Instagram

Shuningdek, Munisa Rizayeva haydovchisiga mashinani to‘g‘ri haydash kerakligi haqida gapirgani aks etgan videoni e’lon qildi.

O‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan aktrisa Dilnoza Kubayeva kompozitor Shuhrat Zokirov bilan birga ijro etgan “Yuragim sezdi” taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etdi.

Mavzuga doir: