Ko‘pincha ekrandagi juftliklar muhabbat borasidagi rollarini juda ishonarli ijro etadi. Shuning uchun har safar ular haqiqiy hayotda birga bo‘lishiga umid qilamiz. Ammo ba’zi aktyor va aktrisalar filmdagi partnyori bilan do‘st bo‘lish hamma narsadan ustun deb qaror qilgan.

Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio

Foto: AdMe

Juftlikning “Titanik” filmidagi muhabbati baxtsiz yakun topgan bo‘lsa-da, ularning do‘stligi suratga olish maydonchasidan keyin ham davom etdi. Bugun Leonardo Di Kaprio ham, Keyt Uinslet ham 25 yillik do‘stligi bilan faxrlanadi.

Aktyorlarning sevgilisi borligiga qaramay, ular hali ham birga vaqt o‘tkazishga ulguradi. “Men uni umrimning yarmini bilaman. Qachonki kechki ovqat yoki qahva ichish imkoni bo‘lsa, biz uni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilamiz”, — deb o‘rtoqlashadi Uinslet.

Dryu Berrimor va Adam Sendler

Foto: AdMe

Komedik juftlik birgalikda 3 ta filmda rol o‘ynashgan. Dryu Berrimor va Adam Sendler haqiqiy hayotda sevishishmagan, aktyorlarning ekrandagi rollari esa ularning yaqin do‘st bo‘lishlariga to‘sqinlik qilmagan. “20 yil ichida biz 3 ta filmda rol o‘ynadik va men uni juda yaxshi ko‘raman”, — deydi Berrimor muloyimlik bilan.

Jennifer Lourens va Bredli Kuper

Foto: AdMe

Jennifer Lourens va Bredli Kuperni ekrandagi mukammal er-xotin deb hisoblash mumkin, chunki ular birgalikda 4 ta filmda suratga tushishgan, shulardan 3 tasi Lorensga eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida “Oskar” olib kelgan.

Sahna ortida bu ikkisi hamon bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi do‘st. “Yoshimizdagi farqqa qaramay, bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Uning aktyorlik mahorati meni doim hayratda qoldirgan”, — deydi Kuper.

Jennifer Eniston va Jeyson Beytman

Foto: AdMe

1990- va 2000-yillar boshlarining yulduzlari Jennifer Eniston va Jeyson Beytman 20 yil oldin do‘st bo‘lishgan. Ularning do‘stona munosabatini ekran orqali his qilish mumkin, lekin rejissor “Kadr olindi” deb qichqirsa ham, Eniston hech qachon Beytmen bilan suhbatlashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi. “Jeyson men uchun oila a'zosi kabi, biz juda yaxshi munosabatdamiz”, — deydi Eniston.

Sandra Bullok va Rayan Reynolds

Foto: AdMe

Aktyorlar “Taklif” filmida er-xotin obrazini shu qadar ishonchli tasvirlashganki, muxlislar orasida ular haqiqiy hayotda uchrashishayotgani haqida mish-mishlar tarqaladi. Ammo Sandra Bullok va Rayan Reynolds bunday munosabatni xohlashmadi, lekin yillar davomida do‘stlikni davom ettirishga qaror qilishadi.

“Rayan sevgilim emas, desam, ayollar yengil nafas olishadi. U shunchaki ajoyib inson, biz 10 yildan beri do‘stmiz. Men unga o‘xshagan do‘stlar ko‘p bo‘lishini istardim”, — dedi Bullok Reynolds haqida.

Juliya Roberts va Jorj Kluni

Foto: AdMe

Mashhur juftlik birgalikda 6 tadan ortiq filmda suratga tushgan. Biroq hayotda Juliya Roberts va Jorj Kluni ishqiy munosabatda bo‘lishmadi, balki yillar davomida do‘stlikni mustahkamlashga e’tibor qaratishdi. Ular hatto bir-birlarining turmush o‘rtoqlari bilan ham do‘stlashishdi.

Vaynona Rayder va Kianu Rivz

Foto: AdMe

Ekranda VaynonaRayder va Kianu Rivz juda ko‘p shirin lahzalarni baham ko‘rishgan. Ular hatto Drakulada to‘y sahnasini suratga olish chog‘ida “deyarli” turmush qurishlariga sal qoldi. Ammo ular mustahkam do‘stlikni tanlashdi.

“Men uni qanchalik sevishimni va hurmat qilishimni ifoda eta olmayman. Unga rahmat, u tufayli men ishga xursand holda ketaman”, — dedi Rayder Rivz bilan uzoq muddatli do‘stligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib.

Zoui Deshanel va Jozef Gordon-Levitt

Foto: AdMe

“Yozning 500 kuni” filmida aktyorlar Sammer va Tom sevgisini shu qadar ishonarli tarzda ijro etishdiki, odamlarning ular haqiqiy hayotda ham uchrashib yurishganiga ishonchlari komil edi. Biroq Zoui Deshanel va Jozef Gordon-Levitt do‘st bo‘lib qolishdi. Ular hatto birga musiqa bastalashdi va film chiqqanidan 10 yil o‘tib yana birgalikda rol o‘ynashdi.