Ayni kunlarda xonanda Nilufar Usmonova ilk yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘ryapti. Xonandaning taklifiga ko‘ra, “Daryo” muxbirlari konsertning tayyorgarlik jarayonida ishtirok etishdi.

Xonanda Nilufar Usmonova katta sahnaga qadam qo‘yganiga 27 yil bo‘lgan. Yodingizda bo‘lsa, u onasi Yulduz Usmonovaning 1995-yili o‘tkazilgan konsert dasturida “Shaytonga bo‘ysunmas yuraklar” nomli dueti bilan ishtirok etgandi. Yakkaxon ijodini boshlaganiga esa bu yil 15 yil to‘ladi.

Foto: “Daryo”

Ammo xonanda shu kungacha biror marta yakkaxon konsert dasturini o‘tkazmagan. Ba’zi muxlislarning fikricha, buning sababi xonandaga qo‘yilgan taqiqlar bilan bog‘liq ekan.

Foto: “Daryo”

— Konsert berishimga hech qachon taqiq bo‘lmagan. Tan olaman, u paytlari yosh bo‘lganman, o‘yin-kulgiga o‘ch bo‘lganman. Bundan tashqari, farzandlarimning ketma-ket tug‘ilishi sabab konsert berishga o‘zimda kuch topolmaganman. Ijodkor konsert berish uchun ruhan tayyor bo‘lishi kerak. Shu yil konsert berish nasib qilgan ekan, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

Foto: “Daryo”

“Kel ikkimiz” deb nomlangan konsert dasturi qo‘shiqlar fonogramma orqali ijro etiladi, ammo bir nechta qo‘shiqlarni jonli ijro etishni rejalashtirgan.

Foto: “Daryo”

— Jonli konsert berishga biroz vaqtimiz ozlik qildi. Ya’ni sozandalar bilan to‘liq tayyorgarlik ko‘rolmadim. Avvaliga 7 ta qo‘shiqni tayyorlagandik, bugun ular soni 11 taga yetdi. Jonli konsert berish faqatgina xonandaga bog‘liq emas, bunga sozandalar ham tayyor bo‘lishi kerak, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

Foto: “Daryo”

Konsert dasturining raqslarini Yulduz Usmonovaning  baletmesteri Zarina Ahmedova sahnalashtirmoqda.

— Nilufar bilan ishlash qiyin emas, raqslarni tezda ilib oladi. Konsertdagi raqslar nafaqat zamonaviy, balki milliy ruh uyg‘unligida bo‘ladi. Teatrlashgan raqs tomoshalari ham bor, — deydi Zarina Ahmedova.

Foto: “Daryo”

Nilufar Usmonova shu kungacha ko‘plab xonandalar bilan duet kuylagan. Xo‘sh, uning qaysi duetdoshi konsertda ishtirok etadi? Bu savolga konsert muharriri Lola Sobirova quyidagicha javob berdi.

— Hozircha bu sirni oshkor etolmaymiz. Muxlislarni qiziqtiradigan intrigalar bo‘lishi kerak, — deydi Lola Sobirova.

Foto: “Daryo”

Ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirayotgan yana bir savol xonandaning onasi Yulduz Usmonovaning konsertda ishtirok etishi bilan bog‘liq.

— Onam albatta, konsertga keladi. Faqat oddiy tomoshabin sifatida zaldan meni kuzatadi. Qayerda o‘tirishi ham menga noma’lum, — deydi Nilufar Usmonova.

Foto: “Daryo”

Bundan bilish mumkinki, xonanda onasi bilan duet kuylashni reja qilmayapti.

Foto: “Daryo”

Xonanda Umidaxonning turmush o‘rtog‘i Nilufar Usmonovaning ish yurituvchisi hisoblanadi. U to‘yxonalarda Nilufar Usmonovga o‘zgacha izzat ko‘rsatayotganini ko‘rgan ba’zi muxlislar “Umidaxon, rashk qilmaysizmi?” deb izohlar qoldirishadi. Konsert arafasida hamkasbini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan Umidaxondan muxlislarni qiziqtirgan shu savolga javob olishga qaror qildik.

Foto: “Daryo”

— Nilufar Usmonovaga opamdek aziz, men u kishining kelini hisoblanaman. Odamlarning gap-so‘zlari asossiz. Chunki san’at vakili hamisha baland poshnali tuflida yurishini va uzun ko‘ylak kiyishini yaxshi bilaman. Bunday kiyimda oyog‘i toyib ketishi hech gap emas. Yaqinda o‘zimda ham xuddi shunga o‘xshash vaziyat bo‘ldi. Nilufar opamga ham, turmush o‘rtog‘imga ham ishonaman. Ularning ahil jamoasiga havas qilaman. Menga ham konsert berish nasib qilsin. Faqat havas qilyapman, — deydi xonanda Umidaxon.

Foto: “Daryo”

— “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi konsert dasturidan so‘ng viloyat va chekka hududlarga borib, konsert berishni va xalq xizmatida bo‘lishni istayapman. O‘zi inson konsert berishga ruhan tayyor bo‘lganidan keyin xalq bilan yanada yaqin bo‘lishni istar ekan, — deydi Nilufar Usmonova.

Foto: “Daryo”

Konsertning tayyorgarlik jarayonidan tayyorlangan reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga doir: