1998-yildan boshlab muntazam o‘tkazilgan “Zamin yulduzlari” milliy mukofoti ma’lum sabablarga ko‘ra 2003-yildan keyin taqiqqa uchragandi. Ko‘plab san’atkor, madaniyat xodimi va sport ustalarini e’tirof etadigan taqdimot marosimi bu yildan yana sahnaga qaytdi. Rejissor Sa’dulla Abdullayev boshchiligida o‘tkaziladigan taqdimot marosimida nafaqat o‘zbek va xorij ijodkorlari, sport ustalari va ilm-fan vakillari ham ishtirok etishdi. “Daryo” muxbirlari “Zamin yulduzlari-2022” taqdirlash marosimida ishtirok etib, foto va videoreportaj tayyorladi.

Foto: “Daryo”

Dastur ana shunday noan’anaviy tarzda ochildi. Qizil yo‘lak, jonli musiqa, rang-barang chiroqlar... Ijodkorlar maxsus kartej mashinalaridan tushib, qizil yo‘lakdan o‘tishdi. Muxlislar esa o‘zbek ijodkorlarini yaqindan ko‘rish va ular bilan suratga tushish baxtiga musharraf bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Qizil yo‘lakni birinchilardan bo‘lib boshlovchilar Nilufar Sotiboldiyeva va Jamshid Umrzoqov bosib o‘tishdi.

Foto: “Daryo”

Aktrisa Sitora Farmonova ham qizil yo‘lakdan o‘tdi va uni ko‘rishni istagan muxlislari bilan suratga tushdi.

Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov taqdimotga o‘zgacha ko‘rinishda tashrif buyurdi.

Foto: “Daryo”

Boks ustalari volidalari bilan tashrif buyurishdi.

Foto: “Daryo”

“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi hovlisiga minglab muxlislar to‘plandi. Ular uchun bu oqshom chinakamiga yulduzlarga boy o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Aktrisa Saida Rametova bastakor Sultonali Rahmatov va Dilnoza Kubayeva bilan qizil yo‘lakdan o‘tdi.

Foto: “Daryo”

— Ilgari o‘tkazilgan “Zamin yulduzlari”ni yaxshi eslayman. Juda chiroyli o‘tardi. Ishonchim komilki, bu yilgisi avvalgilaridan ham zo‘r o‘tadi, — deydi xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva.

Foto: “Daryo”

Aktrisa Yulduz Rajabova taqdimot marosimiga “Jaloliddin Manguberdi” serialidagi partnyori, turk aktyori Emre Kiviljim bilan tashrif buyurdi. Ko‘plab muxlislar ularga baxt tilab, chiroyli juftlik ekanliklarini e’tirof etishdi.

Foto: “Daryo”

Taqdimot marosimida nafaqat xonanda va aktyorlar, balki yurtimizning ko‘zga ko‘ringan so‘z ustalari ham ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Rejissor Sa’dulla Abdullayevning doimiy ijodiy hamkori bo‘lgan aktrisa Parizoda taqdimotga qizlari bilan tashrif buyurdi. U taqdimot avvalida “Daryo”ga bergan intervyusida ilk marta tomoshabin sifatida konsert ko‘rishini ta’kidlab o‘tgandi. Ammo muxlislar uni sahnaga chiqishini istashdi.

Foto: “Daryo”

Hamisha sahnada yoki ekranda ko‘rinadigan yulduzlar muxlislarga nihoyatda yaqin bo‘lishdi.

Foto: “Daryo”

Hamisha noodatiylikka intiladigan rejissor Sa’dulla Abdullayev muxlislarni ana shunday qarshiladi.

Foto: “Daryo”

Shirin diydorni sog‘ingan ijodkorlar konsertoldi uchrashuvlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga muhrlab qo‘yishdi.

Foto: “Daryo”

— Ilk marta “Zamin yulduzlari” taqdimot marosimida ishtirok etyapman. Shaxsan menga bu yerdagi muhit, ijodiy yondashuv va muxlislarning iliq munosabati yoqdi. Bundan tashqari, eng sevimli ijodkorlarim bilan qizil yo‘lakdan o‘tdim. Aslida biroz tobim yo‘q edi, ammo bunday taqdimotni shunchaki o‘tkazib yuborishni istamadim. Kasallikni ham unutib bu yerga keldim, — deydi Dilnoza Kubayeva.

Foto: “Daryo”

Garchi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qizil yo‘lakdan o‘tmagan bo‘lsa ham, taqdimotda ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Aktyor Behzod Muhammadkarimov xonanda Rustam G‘oyipov bilan birga.

Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov 2002-yil o‘tkazilgan “Zamin yulduzlari” taqdimot marosimida e’tirof etilgan.

Foto: “Daryo”

Rejissor sahna bezaklaridan tortib, ijro etiladigan duetlargacha maxsus “Zamin yulduzlari” taqdimoti uchun tayyorlatgan. Ya’ni Yorqinxo‘ja Umarov bir guruh yosh iste’dodli qizlar bilan duet kuyladi.

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev bugungi taqdimotdagi ilk taqdirlanuvchi ijodkor bo‘ldi. Unga mukofotni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov topshirdi.

Foto: “Daryo”

Sherali Jo‘rayev, Ozodbek Nazarbekov, Zohirshoh Jo‘rayev birga qo‘shiq kuylashdi. Tomoshabinlar orasidan joy olgan bir guruh san’atkorlar ham ularga jo‘r bo‘lishdi.

Foto: “Daryo”

Xonanda qo‘shiq so‘ngida barcha muxlislarni yubiley konsert dasturiga taklif etdi.

Foto: “Daryo”

Undan keyingi mukofot marhum sport ustasi Murod Xonto‘rayevning oila a’zolariga topshirildi. Sahnaga sportchining ota-onasi, akasi va turmush o‘rtog‘i taklif qilindi. O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev mukofotni topshirar ekan, sportchining kenja o‘g‘li ham sahnaga chiqishini so‘radi.  Katta ekranda sportchi bilan bog‘liq rolik namoyish etildi va sahnaga uning ko‘plab shogirdlari chiqarildi. “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyeva unga atab qo‘shiq ijro etdi.

Foto: “Daryo”

“Zamin yulduzlari” taqdimotida ilk marta mohir xattot uchun mukofot topshirildi. Shunisi bilan ahamiyatliki, bu mukofot nafaqat san’atkorlarni, balki boshqa soha vakillarini ham e’tirof etadi.

Foto: “Daryo”

“Aristokratlar” jamoasi yigitlari o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlar kayfiyatini ko‘tarishga harakat qildi.

Foto: “Daryo”

— Bu taqdimot ancha yillar ma’lum sabablar, taqiqlar sabab to‘xtatilgandi. Bu yil uni o‘tkazishga jiddiy qaror qildim. Unda taqdirlanadiganlarni o‘zimiz va keng jamoatchilik vakillari tanlashadi. Endi taqdimotni davom ettirish, yangidan yangi “Zamin yulduzlari”ni xalqqa tanitish niyatimiz bor, — deydi rejissor Sa’dulla Abdullayev.

Mavzuga doir: