Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 30-sentabrdagi voqealar yuzasidan o‘z fikrlarini shaxsiy Telegram kanali orqali bildirdi.

Foto: “Reuters”

Bizda bayram. Ularda esa demensiya, sinizm.

Zelenskiy tezda NATOga qo‘shilishni xohlamoqda. Ajoyib fikr. Shimoliy Atlantika ittifoqidan uchinchi jahon urushining boshlanishini tezlashtirishni iltimos qilish bu. Shubhasiz, yigitchani bu xayol chulg‘ab olgan.

Bayden yangi hududlarni Rossiyaga qo‘shib olish faktining tan olinmasligini e’lon qildi. Esiga tushib qolganimiz ham g‘alati. Biroq bu sharmandalik. Biz Rossiya Federatsiyasining yangi hududlarida Amerika konsulligini ochish uchun yaxshi joy topishimiz mumkin edi.

Stoltenberg agar Ukraina urushni to‘xtatsa, u davlat sifatida yo‘qolib ketadi, debdi. Qanday ham bema’ni bolakay. Agar urush to‘xtamasa, ukrainaliklarning katta qismi yo‘qolib ketadi.

Mavzuga doir: