“Ummon” guruhi xonandasi Zohid Rizqiyev dahshatli avariyaga uchradi. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, avtohalokat Yunusoboddagi Megaplanet savdo majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan.

U BMW avtomashinasida katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan. Uning yonida Sunnat ismli yaqin do‘sti bo‘lgan va u voqea joyida vafot etgan.

Ushbu ma’lumotlarni turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova Instagram sahifasiga joyladi va xalqdan turmush o‘rtog‘ini duo qilishlarini so‘radi. Bundan tashqari, u uch oylik homilador ekanligi va hozirgina turmush o‘rtog‘i uning yonidan yaxshi kayfiyatda ketganligini ham yozib qoldirgan.

Bundan ikki kun avval Kamola turmush o‘rtog‘ining xiyonati sabab jiddiy kelishmovchilikka borganini ma’lum qilgandi.