Toshkentning Bektemir tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Voqea 22-sentabr kuni taxminan soat 23:00 larda Husayn Boyqaro ko‘chasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi qarshisida yuz bergan. Haydovchi S.X. (1998-yilda tug‘ilgan) Lacetti’ni boshqarib ketayotib, S.N. (1995-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Oqibatda Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: