Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi tuman tibbiyot birlashmasida mahalliy budjetdan ajratilgan pullar talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ul shaxslari birlashmaga qurilish materiallari va boshqa tovar moddiy boyliklarini xarid qilish uchun mahalliy budjetdan ajratilgan 298,1 million so‘mni o‘zining shaxsiy manfaatlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-modda (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.