Rossiya Federatsiyasida farzandlari bilan ishsiz qolgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.P. 2022-yil iyul oyida Rossiya Federatsiyasiga ikki nafar farzandi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan. Ammo avgust oyida ishsiz qolgani sababli murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan.

Shu sababli Sh.P. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga vatanga qaytishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Fuqaro Sh.P. 22-sentabr kuni Uzbekistan Airways kompaniyasi hamkorligida Sankt-Peterburg–Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.