22-sentabr kuni Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan safarbarlikning ikkinchi kuni o‘tdi — Rossiyada erkaklar yoppasiga chaqiruv qog‘ozini olmoqda. Kreml rasman faqat harbiy tajribaga ega bo‘lgan zaxiradagilar orasidan 300 ming kishi chaqirilishini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, harbiy komissariatga chaqirilayotganlar orasida umrida armiyaga bormaganlar, shuningdek namoyishchilar, jurnalistlar va harbiy xizmatga yaroqsiz bo‘lganlar ham uchramoqda. “Novaya gazeta. Yevropa” ma’lumotiga ko‘ra, prezident farmonining oshkor etilmagan 7-bandida bir milliongacha odamni safarbar etish ko‘zda tutilgan, bu ma’lumotni Kremldagilar “yolg‘on” deb atadi. Rossiyada safarbarlik ketayotgan chog‘da Xarkovning shahar-qishloqlarida Rossiya kuchlari istilosidan qolgan vayronagarchiliklarni ro‘yxatga olish davom etmoqda. 22-sentabr kuni DXR markazi Donetsk shahri hududi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi. Meduza urushning 211-kuniga oid suratlarni jamladi.

Rossiyada safarbarlik

Moskvada qo‘liga Z harfi (Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlash ramzi) tushirilgan rossiyalik askarlar graffitisi. Foto 22-sentabr kuni — safarbarlik e’lon qilinganidan keyingi kuni olingan

Foto: Getty Images

Safarbarlikka chaqiruv qog‘ozi olgan moskvalik yoshlar harbiy komissariat binosi oldida navbatda turibdi. Moskvada aynan qancha odam xizmatga chaqirilgani ma’lum qilinmagan. Poytaxt meriyasining safarbarlik to‘g‘risidagi buyrug‘ida zaxirada bo‘lgan, lekin hali chaqiruv qog‘ozi olmaganlarga shahardan chiqish taqiqlanishi haqida band yo‘q.

Foto: “TASS”

Dog‘iston poytaxti Mahachqal’ada harbiy xizmatga chaqirilgan erkakning qarindoshlari respublika chaqiruv punkti yaqinida uni kuzatishmoqda.

Foto: “TASS”

Ukraina bilan urushga chaqirilgan dog‘istonliklar Mahachqal’adagi respublika chaqiruv punktiga kelmoqda.

Foto: “TASS”

Mahachqal’adagi respublika chaqiruv punktida safarbar qilinganlar va ularning qarindoshlari. Bu vaqtda Dog‘istonning boshqa qismida safarbarlikka qarshi odamlar federal trassani to‘sib qo‘yishdi, harbiy komissariat binolaridan biri oldiga yig‘ilib, safarbarlikka e’tiroz bildirishdi.

Foto: “TASS”

Buryatiyada safarbar qilinganlar harbiy komissariat oldidagi mikroavtobusda. Bu odamlarni Ukraina bilan urushga yuborish uchun tunda kvartiralaridan olib ketishgan va harbiy komissariatga keltirishgan. “Lyudi Baykala” baholashicha, Buryatiyadan olti-yetti ming kishi safarbar qilinishi mumkin.

Foto: “Lyudi Baykala”

Donetskning o‘qqa tutilishi qurbonlari

Donetsk shahri markazida — Voroshilovskiy tumanidagi yo‘lda yotgan jasad. Mahalliy ma’muriyatga ko‘ra, shahar 22-sentabr kuni o‘qqa tutilgan va kamida olti kishi halok bo‘lgan.

Foto: “TASS”

Rossiya nazoratidagi Donetskning o‘qqa tutilishi vaqtida Yopiq bozor yaqinida halok bo‘lgan kishi jasadi.

Foto: “TASS”

Donetskda o‘t o‘chiruvchi portlab ketgan avtobus yonida ayolga tasalli bermoqda, avtobusda uning o‘smir o‘g‘li bo‘lgan

Foto: Reuters

Xarkov viloyatidagi janglar oqibatlari

Xarkov viloyatidagi mart oyidan buyon Rossiya harbiylari nazoratida bo‘lgan Kamenka qishlog‘idagi vayrongarchiliklar. Kamenka Izyum tumanidagi boshqa aholi punktlari qatorida sentabr oyi o‘rtalarida ukrain harbiylari tomonidan ozod etildi.

Foto: Reuters

Izyum viloyati aholisi mintaqa Ukraina nazoratiga o‘tganidan keyin ko‘ngillilardan gumanitar yordam olmoqda.

Foto: AP Photo

Kamenka posyolkasida yashovchi 42 yoshli Yuriy Zdorovets Rossiya istilosi vaqtida vayron bo‘lgan cherkov binosi oldida.

Foto: Reuters

Yuriy Zdorovets Rossiya tomonidan o‘qqa tutilib halok bo‘lgan qo‘shnisining jasadini ko‘zdan kechirmoqda.

Foto: Reuters

Xarkov viloyatining sentabr oyida ozod qilingan Artemovka qishlog‘idagi kungaboqar dalasida tashlab ketilgan avtomobil.

Foto: AFP

Donbass shimolidagi ukrainalik jangchilar

Ukrainalik harbiy rossiyaliklar tomonidan Izyumda qoldirilgan buzuq texnikalarning yaroqli qismlarini olmoqda.

Foto: EPA

Ukrainalik harbiylar BM-21 “Grad” baravar o‘t ochuvchi reaktiv tizimlaridan mamlakat sharqidagi Rossiya pozitsiyalariga qarata o‘t ochmoqda.

Foto: AFP

Donetsk osmonida uchib yurgan Ukraina vertolyoti.

Foto: AFP