Qozog‘iston parlamenti deputati Oygul Kuspan Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinning Qozog‘istonga nisbatan tahdidli bayonotiga izoh berdi, deb yozadi “Zakon.kz”.

Foto: Getty Images

Oygul Kuspan Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi arafasida Davlat Dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin Qozog‘istonga nisbatan tahdidli va haqoratli bayonot berganini ta’kidladi.

Afsuski, bunday deputatlar tufayli yaqin xorijdagi do‘st Rossiya qiyofasi tajovuzkorlik, takabburlik va jaholat so‘zlari bilan yonma-yon ta’riflanadi. Qozoq va boshqa millatchilik haqidagi uydirma mavzulardan foydalanib, bunday badbaxt siyosatchilar Rossiyaning o‘z manfaatlariga qarshi bo‘ladi. Zatulinning yangi bayonotini do‘stona bo‘lmagan,  mohiyatan yuzaki va asossiz deb hisoblash kerak, — dedi siyosatchi.

Kuspan xonimning ta’kidlashicha, Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilingandan keyin birinchi kunning o‘zidayoq Qozog‘istonga 10 mingga yaqin rossiyalik kelgan.

22-sentabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulin “Qozog‘istonning Rossiya bilan munosabatlaridagi sirpanchiq yo‘l” haqida gapirgan. U “Rossiya Federatsiyasi bilan quruqlikdagi eng uzun chegaraga ega bo‘lgan davlat (Qozog‘iston) katta xavf ostida”, deb ta’kidlagan.

Qozog‘istonlik senator Muxtor Qul-Muxamedning aytishicha, Zatulin reytingi tushishi bilan provokatsion bayonotlar berishni boshlamoqda.

“Bizga yo‘l ko‘rsatishdan oldin, o‘zini sanksiyalar ro‘yxatidan qanday chiqarish haqida o‘ylasin. ‘Qozog‘istonning sirpanchiq yo‘li’ haqida gapirgan odamning o‘zi anchadan buyon sirpanchiqda yuribdi”, — dedi u.