Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular neft bozorida barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilgan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Ikkala tomon ham OPEK+ doirasidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadi, erishilgan kelishuvlarga rioya qilishda davom etish niyatini tasdiqladi, — deyiladi Kreml matbuot xizmatida.

Ikki davlat rahbarlari, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik va Saudiya Arabistoni ko‘magida tashkil etilgan Rossiya va Ukraina o‘rtasida 22-sentabr kuni mahbuslar almashinuvini muhokama qildi.

Sentyabr oyi boshida yirik neft qazib oluvchi davlatlar 2020-yil may oyidan beri birinchi marta qazib olish kvotasi kamaytirdi — oktyabr oyida u kuniga 100 ming barrelga kamayadi. 

OPEK 2023-yilda Rossiyada neft qazib olish kuniga 0,4 million barrelga qisqarishini taxmin qilmoqda.

Energiya narxlari tushib ketgani va Ukrainadagi qariyb yetti oylik urush qimmatga tushayotgani sababli Rossiya iqtisodiyotida keskinlikning yangi belgilari allaqachon paydo bo‘lgan.

Rossiya Moliya vazirligi o‘tgan hafta e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya budjetining profitsiti yozda butunlay yo‘qoldi. Iyun oyi oxirida profitsit 1,37 trillion rublni (23 milliard dollar) tashkil etdi, avgust oyining oxiriga kelib u atigi 137 milliard rublga (2,3 milliard dollar) tushdi.

Mamlakat daromadlari bosim ostida — neft an’anaviy ravishda tabiiy gazdan ko‘ra Rossiya budjetining katta qismi hisoblanadi. Brent markasidagi neft narxi iyun oyining boshidagi eng yuqori narxidan taxminan 25 foizga tushdi.

Rossiyaning Moliya vazirligi hukumat idoralariga 2023-yilda xarajatlarni 10 foizga qisqartirish kerakligini bildirdi. Biroq mudofaa xarajatlari oshishi kutilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy muammolarni inkor etib, mamlakat tashqi bosimlarga ishonch bilan dosh berayotganini aytgan.