O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan migrant Rossiyaning Moskva shahrida ikki kishini yong‘indan qutqardi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Moskva shahrida svetofor montajchisi vazifasida ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Oybek Eshtemirov ko‘pqavatli uylarning birida yuz bergan yong‘indan ikki nafar ayolni qutqarib qolgan.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

24 yoshli Oybek ushbu xizmati uchun Moskva shahri hukumati va FVV tomonidan mukofotlangan.