Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,80 so‘mga ko‘tarilib, 11 030,13 so‘mni tashkil qildi. Yevro 83,06 so‘mga pastlab, 10 768,72 so‘m bo‘ldi. Rubl 5,21 so‘mga oshib, 188,79 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 ming so‘mdan oshgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.