2022-yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekistonga 77,4 ming tonna banan import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,2 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Ekvador – 76,6 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 426 tonna;
  • Turkiya – 197 tonna;
  • Hindiston – 144 tonna.