2022-yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 million dollarga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:

  • Belarus – 17,1 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 11,6 ming tonna;
  • Braziliya – 1,4 ming tonna;
  • Hindiston – 967 tonna;
  • Rossiya – 791 tonna.