Toshkent viloyati Bekobod tumanida o‘qishni ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro J.A. boshqa bir fuqaro D.ni qo‘shni Tojikistondagi Xo‘jand davlat universitetidagi o‘qishini tanishlari yordamida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3700 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: