Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi masjid yonida dindorlar juma namozini tark etayotgan paytda portlash sodir bo‘ldi, politsiya qurbonlar borligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Pajhwok agentligi.

Portlash shaharning diplomatik dahasida yuz bergan, shundan keyin ko‘p o‘tmay osmonga quyuq tutun ko‘tarilib, o‘q tovushlari eshitilgan.

Kobul politsiyasi vakili Xalid Zadran qurbonlar borligini tasdiqladi, ammo ularning va yaradorlarning soniga aniqlik kiritmadi.

Voqea joyiga politsiyachilar guruhlari yetib borib, tekshiruv olib bormoqda.

Afg‘onistonda masjidlar tez-tez, ayniqsa, juma kunlari hujumlar nishoniga aylanadi.