Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi.

Viloyat FVB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-sentabr kuni soat 11:22 da tumanning Qo‘qonboy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yengil yuk mashinasining motor va salon qismi yongan.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 11:23 da yetib borgan, 11:25 da o‘rab olinib, 11:27 da yong‘in o‘chirgan. Ular yordami bilan yuk mashinasi shassi va yukxona qismi saqlab qolingan, jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Farg‘ona viloyati FVB matbuot xizmati

Hodisaga gaz turubka qismi nosozligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Ayni paytda zarar miqdori aniqlanmoqda.