Britaniyalik sayyoh 75 000 mil (120 ming km) masofani bosib o‘tib, dunyodagi eng yomon jamoat hojatxonalarini qidirib topdi. 58 yoshli Grem Aski buning uchun 150 ming funt sterling (169 ming dollar) sarflagan va 100 ta davlatga tashrif buyurgan, deb yozadi The Sun.

Grem Aski

Foto: The Sun

Aski dunyo bo‘ylab sayohati davomida yuzlab hojatxonalarni ko‘rgan va o‘z kitobida 36 ta “eng yomon hojatxonalar”ni tasvirlagan. Ular orasida O‘zbekistondagi hojatxona ham bor.

U odamlarning ko‘nglini ozdirmaslik uchun eng yomon hojatxonalarning faqat tashqi ko‘rinishini suratga olgan.

Tojikistondagi yirtiq mato bilan o‘ralgan hojatxona.

Foto: The Sun

G‘arbiy Afrikaning Benin respublikasidagi yog‘och o‘rindiqli hojatxona.

Foto: The Sun

Indoneziyadagi ushbu hojatxonadan foydalanmoqchi bo‘lganlar avval xavfli yo‘lakdan o‘tib olishi kerak.

Foto: The Sun

O‘zbekistondagi bu hojatxonaga eng chidamli yoki o‘ta ilojsiz odamlargina kirishga jur’at etadi, deydi sayyoh.

Foto: The Sun

Bangladeshdagi ushbu hojatxonada atrofdan pana bo‘lishining sira iloji yo‘q.

Foto: The Sun