Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Ukrainadagi mojaro tomonlarini vaziyatni hal qilish uchun muloqot va muzokaralarni dastlabki shartlarsiz qayta boshlashga chaqirdi. Bu haqida u BMT Xavfsizlik kengashining Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytib o‘tdi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “RBK”

Avvalo, biz muloqot va muzokaralarga amal qilishimiz kerak. Tomonlar uchun asosiy ustuvorlik — oldindan hech qanday shartlarsiz muloqotni tiklash.

Ukrainadagi vaziyat kengayib borib, uzoq muddatli tendensiyani ko‘rsatmoqda. Salbiy aks ta’sirlar tobora jiddiylashib bormoqda va bu Xitoyga mos kelmaydi.

O‘t ochishni to‘xtatish zarur. Xitoy olovga moy quyish u yoqda tursin, qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi va o‘z rolini o‘ynashda davom etadi. Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi va Yevropaning yirik davlatlarining faol vositachilikni davom ettirish va tinchlikka erishish uchun barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Van I, Xitoy tashqi ishlar vaziri

21-sentabr kuni prezident Vladimir Putinning qisman safarbarlik e’lon qilgan murojaati ortidan Pekin ham tomonlarni muloqotga chaqirgan edi.

Mavzuga doir: