Ilon Maskning Tesla’si yon oynalardagi muammolar sabab 1 milliondan ortiq avtomobilini qayta ko‘rib chiqadi, deya xabar beradi DailyMail.

Foto: Digital Trends

“Yopilayotgan oyna haddan tashqari katta kuch bilan harakatlanganda, haydovchi yoki yo‘lovchining barmog‘ini qisib qolishi mumkin”, — deb yozdi Tesla Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga yuborilgan xabarda.

Kamchilik 1 096 762 dan ortiq avtomobilni rasmiy ravishda chaqirib olishga undashi kerak edi. Ammo Tesla texnologiyasi tufayli bu faqat zararlangan avtomobillarga ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot yangilanishi yuborilishini anglatadi, xolos.