Telegram messenjerida o‘tkazilgan so‘rovda “O‘zbek tilini qay darajada bilasiz?” degan savolga respondentlarning 93 foizi “Erkin yozaman va so‘zlashaman” deb javob berdi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan so‘rov kanalida ma’lum qilindi.

Infografika: “Yuksalish” umummilliy harakati

So‘rov ishtirokchilarining 4 foizi o‘zbek tilida erkin so‘zlashishi, lekin xato bilan yozishi ma’lum bo‘ldi. Bir foizdan respondentlar maishiy darajada muloqot qilishi, o‘zbek tilida og‘zaki so‘zlashganda tushunishi, ammo gapirolmasligi, o‘zbek tilini bilmasligini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qanchalik bilasiz?” degan savolga respondentlarning 87 foizi “Erkin o‘qiyman va yozaman” deb javob berdi.

Infografika: “Yuksalish” umummilliy harakati

So‘rov ishtirokchilarining 3 foizi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi matnlarni qiynalib o‘qishi hamda 2 foizi lotin alifbosida yozolmasligi va o‘qiy olmasligi ma’lum bo‘ldi. 7 foiz respondentlar o‘qishini, lekin xato bilan yozishini ta’kidlagan.