Minsk aeroportida Rossiya pasportiga ega erkaklar tekshirila boshlandi, deya xabar beradi Meduza. Manbaga ko‘ra, Belarus politsiyasi tekshiruvlarda ishtirok etmoqda. Tekshiruvlar aniq nimadan iboratligi noma’lum.

Foto: “Tut.by”

“Nasha Niva” gazetasi, o‘z navbatida, Belarus huquq-tartibot idoralari xodimlariga safarbarlikdan yashiringan rossiyaliklarni 21-sentabr oqshomida qidirish bo‘yicha buyruq olingani haqida xabar berilgan.

“Hozircha og‘zaki buyruqlar darajasida ‘kvartiralarni kunlik monitoring qilish’, xonadon egalari bilan bog‘lanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Hovlilarda rus raqamlari bo‘lgan yangi avtomashinalarni ham kuzatib borish vazifasi yuklatildi. Ma’lumot to‘plash, hujjatlarni tekshirish aytildi”, — deyiladi Belarus ichki ichlar vazirligiga yaqin manbada.

Mavzuga doir: