22-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Ikkinchi jahon urushida 100 mingga yaqin yahudiyning hayotini saqlab qolgan shvetsiyalik diplomatga AQSH faxriy fuqaroligining berilishi hamda Alamaba shtatida qariyb 50 kishining umriga zomin bo‘lgan eng yirik temiryo‘l halokatiga oid faktlar o‘rin olgan.

“Otib tashladik uni, juda ko‘p narsani bilar ekan”. “KGB” devorlari ortida yo‘qolgan afsonaviy diplomat Vallenberg

Moskva shahridagi Meshanskiy tuman sudi Xolokost vaqtida o‘n minglab vengriyalik yahudiylarni qutqarib qolgan va “KGB” devorlari ortida bedarak yo‘qolgan diplomat Raul Vallenbergning jiyani Mari Dyupnining da’vosini rad etgan. Yarim asrdan ortiq vaqt davomida uning taqdiri va o‘limi haqida hech narsa ma’lum bo‘lmagan. Uning qarindoshlari haqiqatni bilishga qiziqqan, ammo FQB Stalin davridagi tarixiy sirlarni ochish niyatida emasligi bildirgan. 1981-yilning 22-sentabr kuni AQSH Kongress Raul Vallenbergga mamlakatning faxriy fuqaroligini bo‘lgan. Diplomatga qadar bu kabi sharafga faqatgina Uinston Cherchill sazovor bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Oqko‘ngil shved

“Yarmi Vallenberg va yarmi yahudiy bo‘lgan men kabi insonni sindirib bo‘lmaydi”, — degan Raul o‘zi haqida. U Shvetsiyadagi badavlat va nufuzli oilada dunyoga kelgan. Otasi 1930-yillarda Turkiyada elchi bo‘lgan. Yosh Vallenberg u yerga borib, natsistlar Germaniyasidan qochib kelgan yahudiylari bilan tanishib qolgan. Ularning xotiralari shvedni hayratga solgan.

1944-yilda Raul Vallenberg bobosi kabi diplomatik xizmatga boradi. U Shvetsiyaning Budapeshtdagi diplomatik vakolatxonasini birinchi kotibi etib tayinlanadi. Vallenberg alohida namunali shvet pasportlarinining joriy etilishi ortida turgan. Jozibali ramzlar borasida nemis va venger byurokratiyasining kamchiliklaridan xabardor bo‘lib, o‘rtasidagi Shvetsiya gerbi tushirilgan yorqin ko‘k-sariq pasportlarni chop etish va ularga ko‘plab imzo hamda muhrlar bosish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Ushbu hujjatlar yordamida yahudiylar hech qanday to‘siqchi mamlakatni tark eta olgan.

Vallenberg Vengriya Tashqi ishlar vazirligini o‘ziga 4,5 mingta xavfsizlik pasportlarini berishiga ko‘ndirgan. Amalda esa u mazkur kvotani uch barobarga oshirib yuborgan. Urush oxiriga kelib, vaziyat juda og‘irlashgach, Vallenberg bu turdagi pasportlarni o‘zining imzosi bilan taqdim etuvchi oddiy rejimga o‘tgan. Tartibsiz davrda bu ham yordam bergan. Hujjatlardan tashqari, shvetsiyalik diplomat yahudiylar yashirinishi uchun uylarni ijaraga olgan va ularni yegulik hamda dorilar bilan ta’minlab turgan.

Vallenberg rasmiylashtirgan hujjatlar sabab 100 minggacha yahudiy omon qolgan

Foto: Germany VT

Vallenberg ko‘proq odamlarni qutqarib qolish uchun hatto tahdidlardan ham foydalangan degan versiyalar ham bor. Natsist harbiy xizmatchilarga u qariyb 100 ming yahudiy yashaydigan Budapesht gettosini yo‘q qilsa, harbiy jinoyat deya javobga tortishini aytib, qo‘rqitgan. Shved Gitlerning buyrug‘iga qaramay, ularni bu ishni bajarmaslikka ko‘ndirgan. Vallenberg tomonidan qutqarib qolingan insonlar soni hech qachon aniq ko‘rsatilmagan, ammo taxminlarga ko‘ra, o‘nlab ming kishidan oshadi. Urushga qadar Vengriyada 800 ming yahudiy yashagan bo‘lsa, ularning 204 mingi omon qolgan.

Bedarak yo‘qolgan

1945-yilning 13-yanvarida Budapeshtga “qizillar armiyasi” kirib kelgan. To‘rt kundan keyin esa shvetsiyalik diplomat haydovchisi Vilmosh Langfelder bilan birga izsiz yo‘qoladi. Adabiyotchi va tarixchi Lev Bezimenskiy o‘zining “Budapesht missiyasi: raul Vallenberg” kitobida shvetsiyalik diplomat bilan sodir bo‘lgan voqeani quyidagicha ta’riflaydi: “Vallenbergning sovet harbiylari bilan ilk uchrashuvi 1945-yilning yanvarida, sovet armiyasi Budapeshtning qariyb butun sharqiy qismini egallaganida sodir bo‘lgan”, — deb yozadi tarixchi.

1945-yilning 14-yanvar kuni 151-o‘qchilar diviziyasining siyosiy bo‘limi boshlig‘i Vallenberg hamda uning haydovchisi yetib kelgani haqida ma’lumot bergan. 17-yanvar kuni mudofaa xalq komissarining o‘rinbosari armiya generali Nikolay Bulganin Ikkinchi Ukraina fronti qo‘mondoniga quyidagi shifrlangan ko‘rsatmani yuboradi: “Budapeshning sharqiy qismidagi Bensur ko‘chasida aniqlangan Vallenberg hibsga olinsin va Moskvaga yetkazilsin. Tegishli ko‘rsatmalar ‘Smersh’ kontrrazvedkasiga berildi”. 25-yanvar kuni Bulganinga hisobot kelgan: “Hibsga olingan Vallenber 25.01.45 kuni yuborildi. Konvoy boshlig‘i kapitan Zinkov M.N.”.

6-fevral kuni Vallenberg va uning haydovchisi SSSR DXXKning Moskvadagi ichki qamoqxonasiga harbiy asir sifatida joylashtirilgan. Izlarni yo‘qotish uchun sovet hukumati Budapeshtdagi o‘z nazorati ostida bo‘lgan “Radio Koshut”dan foydalanib, yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan. 1945-yilning 8-mart kuni unda Raul Vallenberg Budapeshtdagi ko‘cha otishmalarida halok bo‘lganini e’lon qilgan.

Shunga qaramay, Shvetsiya o‘z fuqarosining qayerda ekanini aniqlash bo‘yicha SSSRga bir nechta so‘rov yuborgan, ammo sovet hukumati Vallenberg haqida ma’lumotga ega emasligini javob qilgan. 1947-yilda SSSR ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Vishinskiy shvetsiyalik diplomati mamlakatda emasligini rasman ma’lum qilgan.

Foto: AFP

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 1950-yillar boshlarida qaytgan harbiy asirlar Vallbergni Moskva qamoqxonalarida ko‘rganini aytgan. Shu asosda Shvetsiya yangi so‘rovlarni yuborgan va 1957-yilda boshqa javob olgan. Unda 1947-yilning 17-iyul sanasi qayd etilgan qo‘lyozma ko‘rsatilgan bo‘lib, “mahbus Vallenberg o‘tgan kecha kamerasida vafot etdi” deyilgan.

2000-yilda Rossiya Bosh prokuraturasi Vallenberg va uning haydovchisi Vilmosh Langfelderning reabilitatsiyasi bo‘yicha qaror qabul qilgan. Shu bilan birga, idora shvetsiyalikning “KGB” idorasida bo‘lgani va uning o‘limi sababini ochiqlamagan.

O‘rganishlar davomida Vallenberg va Langfelderning hibsga olinish sababli, qaysi qamoqxonada saqlangani, o‘limi, jinoyat ishi materiallari, hisbga olingan yoki harbiy asirlarning shaxsiy buyumlarini topilmadi”, — deyiladi Bosh prokuratura qarorida.

Ko‘rsatilishicha, xorij fuqarosi SSSRga qarshi urushmagan neytral davlatning diplomatik immunitetiga ega bo‘lsa-da, harbiy asir sifatida hibsga olingan. Ular josuslikda gumonlangan. Ammo Vallenbergning qarindoshlari Bosh prokuratura tekshiruvidan qoniqmagan.

Foto: Raoul Wallenberg Centre

2010-yilda amerikalik tarixchilar Syuzan Berger va Vadim Birshteyn SSSRning Vallenberg 1947-yil 17-iyulda infarktdan o‘lgani borasidagi bayonotini yolg‘on deb atagan. Olimlar o‘z xulosasini FQB Markaziy arxividan qo‘lga kiritgan yangi ma’lumotlariga tayanib bildirgan. Aniqlanishicha, 1947-yilning 23-iyul kuni SSSR Davlat xavfsizlik vazirining 3-bosh boshqarmasi 4-bo‘limi boshlig‘i (harbiy kontrrazvedka) Sergey Kartashov 16 soat davomida “7-raqamli mahbus”, shuningdek, Vilmosh Langfelder va Shandor Katonni so‘roq qilgan. Langfelder Vallenbergning haydovchisi bo‘lgan. FQB arxivchilari “7-raqamli mahbus” Raul Vallenberg bo‘lishi kerak.

Stalinning shaxsiy ko‘rsatmasiga binoan

Tarixchi Lev Bezimenskiy ko‘plab yuqori martabali amaldorlar va guvohlarga tayanib, Vallenberg “dohiy”ning shaxsan buyurug‘i bilan o‘ldirilgan degan qarorga kelgan.

“Asosiy ish ko‘ruvchi shaxs Stalin bo‘lgan. Ilicheyevning (Sovet Ittifoqi Kommunistika partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibi) so‘zlariga ko‘ra, uning seyfida Vallenberning so‘roqlari keltirilgan protokollar yotgani bejiz emas. Rahnamoning yahudiylarga bog‘liq shved bo‘yicha o‘z rejalari bo‘lgan… 1947-yilda Isroil davlat sifatida tashkil etilishi aniq bo‘lib qoldi. Vallenberg ortiqcha yukka aylangan. Isroil bilan qalin munosabatlarni o‘rnatmoqchimiz, yahudiylar qutqaruvchisi esa — bizning qamoqda. Ozod etish kerak? Balki uni og‘dirib ko‘rish kerakdir? Ular o‘zlarini o‘zlari chorasiz ahvolda qoldirdi: Vallenberg mavjud bo‘lmasligi kerak. Yakovlev 1989-yilda Kryuchkov bilan suhbatini menga berdi. U hech qanday shubhasiz quyidagi so‘zlarni aytgan: ‘Biz uni otib tashladik, juda ko‘p narsa bilar edi’. O‘zim ham Kryuchkov bilan gaplashishga qaror qildim. U o‘z gaplarini tasdiqladi va qo‘shimcha qildi: ‘Yaxshi odam edi… tariximizning mudhish xatosi’ ”, — deydi Bezimenskiy.

Eng yirik temiryo‘l halokatlaridan biri

1993-yilning 22-sentabr kuni Alabama shtatining Mobil shahri yaqinida eng yirik temiryo‘l halokatlaridan biri sodir bo‘lgandi. Shu kuni soat 02:45 da daryoda suzib ketayotgan kema to‘xtashga ulgurmay, temiryo‘l ko‘prigining tayanchiga, keyin esa markaziy qismida urilgan. 84 yillik ko‘prik zarbaga bardosh bergan.

Foto: Maxim Online

Ammo baxtsiz hodisa shu bilan tugamagan. Ma’lum bo‘lishicha, avval boshidan ko‘prik harakatlanuvchan bo‘lishi rejalashtirilgan. Xuddi Sankt-Peterburgdagi “Dvorsovskiy” ko‘prigi kabi emas, balki aylanadigan. Big-Bayu-Kanotdan o‘tgan ko‘prikning burilishiga xizmat qiladigan mexanizm oxiriga yetmagan, natijada markaziy ferma faqat ishqalanish kuchi hisobiga osilib turgan.

Kemaning ikkichi zarbasi oqibatida u bir metrga siljib ketgan. Relslar qattiq egilgan, ammo uzilmagan. Aynan shu sababli semafor ishlamay qolgan va qizil chiroq yonmagan: rels zanjiriga zarar yetmagan. Ichida 220 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Sanset Limited transkontinentlar poyezdi ko‘prikdan taxminan 8 daqiqa ichida o‘tib olishi kerak edi.

Foto: Maxim Online

Soat 02:53 da soatiga 116 kilometr tezlikda harakatlangan poyezd to‘g‘ri suvga tushib ketadi. Bosh vagon qariyb qirg‘oqning nargi tarafiga qadar uchib borgan. Undan keyingi ikkita vagon ham suvga qulagan bo‘lib, ulardan biri bir zumda suv ostiga cho‘kib ketgan. Poyezdning dizel yonilg‘isi daryoga to‘kilib, yong‘in chiqqan. Buning ustiga botqoqsimon Big-Bayu-Kanot alligator va ilonlarga to‘la bo‘lgan.

Qutqaruv guruhi soat 04:25 da yetib kelgan. Yo‘lovchilar mustaqil suzib chiqishga uringan, biroq ko‘pchilik cho‘kib ketgan. Fojia oqibatida jami 47 kishi halok bo‘lgan, ularning besh nafari poyezd brigadasi a’zolaridir.

Foto: Maxim Online

Aniqlanishicha, halokat tergovi davomida ushbu voqea umuman sodir bo‘lmasligi ham mumkin edi. Poyezd Yangi Orleanda konditsioner tizimini ta’mirlash uchun to‘xtagan. Agarda shu to‘xtash bo‘lmaganida Sanset Limited kema ko‘prikka urilishidan 20 daqiqa oldin undan o‘tib ketgan bo‘lardi.

“Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.