Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon al-Saud Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotda mojaro tomonlari o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Getty Images

Arab shahzodasi bu vositachilikni birinchi marta taklif qilayotgani yo‘q. Uning eng birinchi taklifi urush boshlanganidan bir necha kun o‘tgach bildirilgan edi.

“Valiahd shahzoda qirollikning inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish yo‘lidagi barcha xalqaro sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdorligini tasdiqladi va insonparvarlik ta’sirini yumshatishga yordam berish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishni ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

Ukraina prezidenti valiahd shahzodaga yaqinda yakunlangan mahbuslarni almashtirish operatsiyasida ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq ibn Salmon Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlar paytida asirga olingan o‘n nafar xorijlikning ozod qilinishida qatnashgan edi.