Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Rashid Xoliqov dala hovlisida oila a’zolari uchun osh tayyorlagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

AQSHda yashovchi xonanda Otabek Madrahimov muxlislariga reper Shahriyor bilan uchrashib qolgani haqida gapirdi va u bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Qiziqchi, aktyor Shukurullo Isroilov Ozarbayjonning Boku shahridagi mashhur “Brilliant qo‘l” filmi suratga olingan ko‘chada sayr qilgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi va bu ko‘chaning aynan shu kino sabab mashhur bo‘lgani haqida gapirdi. Ma’lumot uchun, ushbu ko‘cha “Chert poberi” deb nomlanadi.

Rejissor Rustam Sa’diyev turmush o‘rtog‘i va nevarasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Shuningdek, u nevarasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova karavot ustida kraussan yeb o‘tirgani  aks etgan videoni e’lon qildi. Shuningdek, xonanda videoda samarqandlik muxlislari bilan ko‘rishish imkoni borligi haqida gapirgan.

Aktrisa Gulrux Pirnazarova sahifasiga yangi tushgan suratini joyladi va surat ostiga muhabbat haqida to‘rtlik qoldirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Sardor Toirov “Men uchun yo‘qsan” taronasiga ishlangan klipni muxlislariga namoyish qildi. Klipda bosh rollarni Sardor Toirov, mahoratli aktrisa Rayhon Asadova ijro etgan, shuningdek, unda instabloger Doniyor Qayumovni ham ko‘rish mumkin.

Aktyor Aziz Umrzoqov yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Rayhon yangi reklama roligida suratga tushayotganini ma’lum qildi.

Durdona Qurbonova “Bravo” jamoasi a’zosiga aylandi. Aktrisa yangi surati bilan ko‘rinish berib, muxlislarini jonli sahnada ko‘rishni sog‘inganini aytdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva to‘ng‘ich farzandi Sa’diyaning tug‘ilgan kunini nishonladi. Gulchehra Sa’dullayeva nevarasiga tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘alar berdi.

Bundan tashqari, aktrisa qizining suratini sahifasiga joylashtirib, uni 7 yoshga kirgani bilan tabrikladi. Shu bilan birga, Muqaddas Sa’dullayeva qizini juda yaxshi ko‘rishi, uning oqila qiz bo‘lishi va farzandlarining kelajagi uchun harakat qilishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Aktyor Yigitali Mamajonov ham qizi Sa’diya Mamajonovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va unga samimiy tilaklarini bildirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Adham Soliyev hamkasbi Jahongir Foziljonov bilan AQSHdan ko‘rinish berdi. U jonli efirda Jahongir Foziljonov bilan muxlislari uchun qo‘shiq kuylab berdi.

Shuningdek, xonanda Adham Soliyev AQSHda hamkasblari Hosila Rahimova, Jahongir Foziljonov bilan suratini obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev yo‘lda dam olmasdan va uxlamasdan ko‘p yurgani sababli kasal bo‘lib qolganini obunachilariga ma’lum qildi.

Xonanda Lola yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi va kuz faslini yaxshi ko‘rishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Shohruhxon muxlislari bilan suratga tushgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: