Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turkiyaning Istanbul shahriga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik aktyor Akbarxo‘ja Rasulov muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Shuningdek, aktyor Umid Iskandarov Akbarxo‘ja Rasulovga juda o‘xshaydigan yigit bilan tanishib qoldi hamda u orqali Akbarxo‘jaga salom yo‘lladi.

Xonanda Lolaning Sankt-Peterburgdagi sayohati yakunlandi, u turmush o‘rtog‘i hamda qizi Aisha bilan Toshkentga qaytdi.

Foto: Instagram

Shuningdek, muxlislarining savollariga javoban xonanda oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelayotgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Java taxallusi bilan turli vaynlarni suratga olayotgan aktyor Javohir Rasulov uylandi.

“Yaxshi xulq — eng afzal go‘zallikdir”, demoqda Sitora Farmonova.

Foto: Instagram

Xonanda Ziyoda uyida hashar uyushtirdi.

Xonanda Java nima sababdan doimo niqobda yurishiga falsafiy tarzda javob berdi. “Aslida hamma niqobda, meniki ko‘rinib turadi xolos”, — deb yozadi xonanda.

Foto: Instagram

“Checha” spektaklidagi roli orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisa Aziza Begmatova 7-sentabr kuni 66 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan aktrisaning farzandlari, nevaralari katta bayram tashkillashtirdi. Oilaviy bayramda Muzaffar Abduazimov o‘zining “Onam, kasalman demang” taronasi bilan ishtirok etdi.

Maryam Tillayeva Sevara Nazarxon bilan tasodifan uchrashib qoldi hamda u bilan suratga tushib oldi.

Foto: Instagram

Bollivud aktrisasi Madxuri Dikshit ham sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Sitora Alimjonovaning fikricha, yoz hali tugagani yo‘q.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: