Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida erkak xotinini bog‘cha bolalari ko‘z o‘ngida kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.

Kadr: Videodan skrinshot

Qayd etilishicha, er rashk sabab xotini ishlaydigan xususiy bog‘chaga borib, janjal ko‘targan va bolalar ko‘z o‘ngida ayolini bo‘g‘ib, kaltaklagan.

Tasvirda bolalar voqeadan qo‘rqib ketib yig‘laganini ko‘rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilindi.