Toshkent shahridagi Navoiy ko‘chasining ayrim hududlarida harakat vaqtincha cheklanmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Navoiy shohko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilishi ishlari sababli 14-avgust soat 20:00 dan ishlar yakunlanguniga qadar ushbu ko‘chaning Abay ko‘chasi bilan kesishmasidan Xadra maydonining Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.