Namanganning Pop tumanida, Chodak qishlog‘ining yuqori qismidagi tog‘lar bag‘rida lojuvard ko‘l yashiringan. Ushbu ko‘lning ta’rifini eshitganlar bor, biroq hatto mahalliy aholi orasida ham borganlar va ko‘rganlar ko‘p emas. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Buning sababi oddiy: ko‘lga borishning o‘zi oson emas. Buning uchun avval Chodakka borasiz, u yerda esa ko‘lga ko‘tarilish uchun maxsus yo‘ltanlamas mashina yollashingizga to‘g‘ri keladi. “Ko‘tarilish” degan so‘zni bejiz qo‘llamadik, chunki ko‘l dengiz sathidan 2,5 ming metr balandlikda joylashgan.

Yo‘ltanlamas mashinalar qishloq sharoitida odatda UAZ avtomobillari bo‘ladi. Ularning tepa qismi olib tashlanadi va sarguzasht ishqibozlari bo‘lgan 7-8 kishi mashina bortiga olinadi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bunday avtosayohatning turgan-bitgani adrenalin: yon-atrofda tog‘ va jilg‘alar, shaharda ko‘rishingiz dargumon gul, buta va daraxtlar, yaylovda o‘tlayotgan mol va qo‘y-qo‘zilar. Siz esa hamrohlaringiz bilan ilonizi yo‘llar orqali yuqoriga intilaverasiz.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Balandlik bo‘lgani uchun ba’zan mashina qizib ketadi yoki buzilib qoladi, bunday payt biroz sabr qilib, tabiat go‘zalligidan bahra olib turishingizga to‘g‘ri keladi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Nihoyat Chodak markazidan 35-40 kilometr yo‘l bosib, 1,5-2 soat chamasi vaqt sarflab, Chotqol tog‘ tizmalari bag‘rida yastangan ko‘lga yetib borasiz. Ko‘lning g‘aroyib joylashuvi va betakror tarovati charchog‘ingizni chiqarib yuborsa ajab emas.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bu yerga kelgunga qadar uning qanday nomlanishini ham bilmas edik. UAZ haydovchisi va mahalliy tarix bilimdoni Husniddin Sarkaboyev ko‘l Oqotqora deb nomlanishini aytib qoldi. Tabiiyki, ko‘lning nomi nega bunday antiqa ekanligiga qiziqdik.

Husniddin Sarkaboyev.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Rivoyatlarga ko‘ra, qadimda yilqiboqar cho‘pon yozning hozirgidek jazira paytlari shu ko‘l atrofiga otlarini olib kelgan va ularning aksariyati oq tulporlar bo‘lgan ekan. Otlarni qoldirgan va shu bilan kuzda qaytgan. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, giyohlar va quyosh nuriga to‘yingan oq otlarning rangi o‘zgarib, qorabayir tusiga kirgan ekan. Shunda u ‘oq ot qora bo‘ldi‘ deya hayratga tushgan va bu joylarga, jumladan, bu ko‘lga ham shu ibora nom bo‘lib qolgan ekan”, — deydi Husniddin.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bu yerdagi tog‘lar va daralarda cho‘ponlar hozir ham yilqichilik va chorva bilan shug‘ullanadi. O‘tloq, maysa va giyohlarga boyligi sababli bu yerlar ular uchun ideal joy bo‘lsa ajab emas.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Geologlarning xulosasiga ko‘ra, bir zamonlar ikki tog‘ oralig‘idagi jilg‘aga tog‘ning yon qismi o‘pirilib tushib, suv yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Shu to‘silgan joyda keyinchalik ko‘l hosil bo‘lgan. Bunga ham kamida 2 ming yil bo‘lgan deyishadi. May oyi boshlarida suv sathi baland bo‘ladi va qor uyumlariga ulanib, ajoyib ko‘rinish hosil qiladi. Ko‘lning hududi o‘zgarib turadi: bahorda 15 gektar chamasi maydonni egallaydi, yozda 8-10 gektargacha pasayadi, kuzga borib esa 5-6 gektarga tushib qoladi. Ko‘l qishki qor va bahorgi suvlar bilan to‘yinadi. Ko‘l suvi keyinchalik uning tubiga singib, uch-to‘rt kilometr quyida buloq bo‘lib chiqib ketadi”, — deydi hamrohimiz.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Husniddin Sarkaboyevning aytishicha, Oqotqora ko‘li va uning atroflariga sayyohlar may oyidan kelishni boshlaydi va mavsum to sentyabrgacha davom etadi. Kimdir birrovga kelib-ketadi, yana kimdir tongda kelib, kechki payt ortiga qaytadi. Yo‘lkira jon boshiga 100-120 ming so‘mga to‘g‘ri keladi. Mavsum paytlari bu yerga kuniga 40-50 nafar sayyoh keladi va kundalik tashvishlardan biroz tin olib, go‘zal manzaralarni kuzatadi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Mavzuga doir:

Muallif:Azizbek Abduvaliyev