O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvar holatiga yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirish tadbirlarini bajaruvchi tashkilotlarda mavjud bo‘rilarning umumiy soni 1 531 tani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Bo‘rilar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:

  • Surxondaryo viloyati – 705 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 304 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 263 ta;
  • Toshkent viloyati – 220 ta;
  • Qoraqalpog‘iston  – 39 ta.