Mazkur retsept yordamida nozik ta’mli fransuz shirinligini tayyorlab ko‘ring.

Foto: Lifehacker

Mahsulotlar:

  • malina — 150 g
  • shakar — 8 osh qoshiq
  • limon sharbati — 1 choy qoshiq
  • saryog‘ —1 st. bir qoshiq
  • tuxum — 4 dona
  • un — 5 osh qoshiq
  • sut — 300 ml
  • vanil ekstrakti — 1 choy qoshiq
  • tuz — 1 chimdim

Tayyorlanishi:

  1. Kichikroq tovaga malina, 2 osh qoshiq shakar va limon sharbatini soling. Quyulguncha 5 daqiqa davomida qaynating.
  2. Malinali massani gazdan olib, soviting va elakdan o‘tkazing.
  3. Tuxum sarig‘ini oqidan ajrating. Sarig‘ini 3 osh qoshiq shakar bilan ko‘pirtirib, un qo‘shing va silliq bo‘lguncha yana ko‘pirtiring.
  4. Sutni qaynatib, uchdan bir qismiga tuxum sarig‘ini quying. Qolgan sutni ham qo‘shing.
  5. Sutli aralashmani kastryulkaga solib, qaynating. Quyuqlashguncha 1-2 daqiqa aralashtirib turing.
  6. Kremni sovutib, malina pyuresi va vanil ekstrakti bilan aralashtiring.
  7.  Tuxum oqini bir chimdim tuz bilan ko‘pirtiring. Shakar qo‘shib, qattiq bo‘lgunga qadar mikserlang.
  8. Tuxum oqi bilan malinali massani astalik bilan aralashtiring.
  9. Pechni 190°C ga oldindan qizdiring. To‘rtta keramik qolipni yog‘lab, shakar seping.
  10. Malinali aralashmani qoliplarga quying. Sufleni 15-20 daqiqa davomida pishiring. Tayyor desertga shakar kukuni seping.

Yoqimli ishtaha!