Xushbo‘y sabzavot, shirali mol go‘shti va pishloqli bulon — mazkur mazali va to‘yimli sho‘rvani tayyorlab ko‘ring.

Foro: Shutterstock

Mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona
  • sabzi — 1 dona
  • seldr — 2 ta bog‘
  • kartoshka — 3-4 dona
  • qiyma — 250 g
  • saryog‘ — 4 osh qoshiq
  • quritilgan petrushka — 1 choy qoshiq
  • quritilgan rayhon — 1 choy qoshiq
  • tovuqli bulyon — 720 ml
  • un — 2 osh qoshiq
  • suyuq pishloq — 240 gr
  • sut — 360 ml
  • qatiq — 60 g
  • murch
  • tuz

Tayyorlanishi:

  1. Piyozni tozalab, mayda kubiklarga bo‘ling. Sabzini qirg‘ichdan chiqaring yoki mayda kubiklarga bo‘ling.
  2. Seldereyni va kartoshkani ham mayda kubiklarga bo‘ling.
  3. Qiymani 5-6 daqiqa davomida yog‘ solmasdan qovuring, keyin idishga oling.
  4. Tovani olovga qo‘yib, bir osh qoshiq sariyog‘, piyoz, sabzi va selderey soling.
  5. Sabzavotlarga petrushka va rayhan qo‘shing, hammasini 5-6 daqiqa qovuring.
  6. Bulyonni qozonga quyib, kartoshka va qiyma go‘sht soling. Sho‘rvani 10-15 daqiqa davomida yopiq holda past olovda pishiring.
  7. Qolgan sariyog‘ni eritib, un qo‘shing va qizarguncha 3-5 daqiqa davomida aralashtirib qovuring.
  8. Kartoshka yumshaganda, sho‘rvaga qovirilgan unni soling, hammasini yaxshilab aralashtirib, 2-3 daqiqa davomida pishiring.
  9. Sho‘rvaga pishloq, sut, tuz va murch qo‘shing, pishloq eriguncha yana 2-3 daqiqa pishiring.
  10. Sho‘rvani olovdan olib, smetana qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Ta’bga ko‘ra maydalangan pishloq va qotgan non soling.

Yoqimli ishtaha!