Disney studiyasi Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ijrosidagi “Titanik” melodramasining yangilangan versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Reliz 2023-yilning 10-fevraliga rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Jeyms Kemeron filmi 3D, 4K HDR va boshqa formatlarda taqdim etiladi. AQSHdagi prokat huquqi Paramount’ga tegishli.

“Titanik” filmi birinchi marta katta ekranlarga 1997-yilda chiqqan va butun dunyo bo‘ylab 2,2 milliard dollar to‘plab, kassa yig‘imlari bo‘yicha fenomenga aylangan. Shuningdek, lenta 11 ta “Oskar” mukofotini, jumladan “Eng yaxshi film” uchun ham qo‘lga kiritgan. 3D-formatdagi takror relizi 2012-yilda bo‘lib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, may boshlarida “Avatar: Suv yo‘li-2” filmining rasmiy treyleri namoyish etilgandi.