Ko‘pgina ayollar muzlatkichda terini yaxshilash uchun kerak bo‘lgan hamma narsa borligini bilmaydi. Hozirda do‘konlarda juda ko‘p miqdorda turli xil niqoblar mavjud, shuning uchun ham kamchilik uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan retseptlarga murojaat qiladi. Tabiiy mahsulotlar kamchiliklarni doimo samarali hal qiladi. Masalan, oddiy xom kartoshka bir qator muammolarni bartaraf etishi mumkin, deb yozadi Grazia.

Foto: Grazia

Xom kartoshka yuz terisiga qanday ta’sir o‘tkazadi?

Kartoshka tarkibida polifenol, antioksidant xususiyatlarga ega organik birikmalar mavjud. Bu sabzavot terini xavfli quyosh nurlaridan himoya qiladi va ko‘rinishini yaxshilaydi. Ko‘z ostidagi dog‘lar va qora xalqachalarni yo‘qotishga yordam beradi.

Kartoshka sharbati rux va temirga boy bo‘lib, yallig‘lanishni kamaytiradi, yuz rangini yaxshilaydi va terini sog‘lom porlash bilan ta’minlaydi.

Xom kartoshkadan qanday foydalanish kerak?

Kartoshkani nafaqat iste’mol qilish, balki go‘zallik muolajalarida ham qo‘llash mumkin. Xom sabzavot tozalanadi va maydalanadi. So‘ngra sharbati siqib olinadi. Kartoshka suyuqligida paxta namlanadi va yuz, bo‘yinga surtiladi. Undan keyin yuzga namlantiruvchi krem surtiladi.

Ushbu protsedurani haftasiga 1-2 marta takrorlash mumkin. Faqat yangi kartoshkadan foydalanish kerak. Sharbatni qayta foydalanish uchun saqlamaslik lozim, uni tayyorlagandan keyin darhol foydalanish kerak.

Kartoshkali niqob retsepti

Agar o‘lik hujayralardan xalos bo‘lish va qarish belgilarini kamaytirish kerak bo‘lsa, unda yarimta maydalangan xom kartoshkani ikki osh qoshiq oddiy yogurt bilan aralashtirib, ko‘z atrofidan tashqari, yuzga surtiladi. 15 daqiqa kutiladi va keyin yuz yuviladi. Jarayon haftada ikki marta amalga oshirilishi mumkin.

Yuzga yangi mahsulotni qo‘llashdan oldin unga allergiya bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Qo‘lning ichki qismiga kartoshka sharbati yoki tayyorlangan niqob surtiladi va biroz kutiladi. Agar biror-bir noqulaylik paydo bo‘lsa, mazkur mahsulotdan foydalanmagan ma’qul.