Gayday 50-yillarda filmlar suratga olishni boshlagan, ammo rejissorlikdagi muvaffaqiyati oltmishinchi va yetmishinchi yillarga to‘g‘ri kelgan. Leonid Gayday butun umri davomida atigi 20 ta film suratga olgan, ammo ularning deyarli yarmi sovet kinosining oltin fondiga kirgan.

“I” operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”

Foto: Filmdan kadr

1965-yil

  • Gaydayning ushbu kartinasini ishonch bilan filmlari ichida eng mashhuri deb atash mumkin — 1965-yilda u prokat filmlar yetakchisiga aylandi va film qahramonlari tomoshabinlar qalbiga abadiy singib ketdi.
  • Dastlab ssenariy “Jiddiy emas” yoki “Qiziqarli hikoyalar” deb nomlangan, ammo badiiy rahbar Ivan Piryev “I operatsiyasi” nomini taklif qilganda hammaga yoqadi, hech kim e’tiroz bildirmaydi ham.
  • Avvaliga Shurikning ismi Vladik — Vladlen Arkov bo‘lgan. Ammo personaj kulgili bo‘lganligi sababli u proletariat rahbari nomiga mos tushmaydi, shunchaki Shurik deb ataladi.
  • Badiiy kengash filmning katta prokatga chiqishiga ruxsat bermaydi, uni 2-toifaga kiritishadi. Shuningdek, Davangir Shurikni qurilish maydonchasi atrofida quvadigan sahna bema’ni va ortiqcha deb topiladi. Ushbu kadrni Piryev va “Mosfilm” direktori Surin saqlab qoladi va filmni 1-toifali film sifatida ekranlarga chiqarishadi.

“Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari”

Foto: Filmdan kadr

1967-yil

  • Dastlab “Kavkaz asirasi” filmini namoyish qilish taqiqlanadi, lekin film tasodifan Leonid Brejnevgacha yetib boradi. Brejnev uni bir necha marta tomosha qiladi va prokatga chiqarishga ruxsat beradi.
  • Shunday qilib, “Kavkaz asirasi” prokat bo‘yicha SSSRda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
  • Nina roli uchun Natalya Kustinskaya, Natalya Seleznyova, Marianna Vertinskaya va Larisa Golubkina sinov topshiradi. Ammo ular Natalya Varleyda to‘xtashadi — sirk artisti, bo‘yi 1,5 m, kanatda yura oladigan Natalya Varley filmdagi barcha tryuklarni o‘zi ijro etgan. Ammo unga Nadejda Rumyanseva ovoz bergan, qo‘shiqni esa Aida Vedisheva kuylagan.
  • Afsonaviy “uchlik” — Vitsin, Nikulin, Morgunovning munosabatlari tarang edi. Aktyorlar bir-birlari bilan kelisholmasdilar, Nikulin uzoq vaqt suratga tushishdan bosh tortadi, filmdagi “ajralmas do‘stlar” suratga olish maydonchasidayoq janjallashib ketardi. Keyinchalik Morgunov film oxirigacha o‘ynashdan bosh tortadi, natijada aktyor o‘ynagan sahnalarning bir qismini kesib tashlashga to‘g‘ri keladi. Film so‘ngida uning rolini kaskadyor o‘ynaydi.

“Brilliant qo‘l”

Foto: Filmdan kadr

1968-yil

  • Kamida 40 ta tuzatish kiritilgan ssenariy tahriridan so‘ng “Goskino” KGB nazoratchisini Gayday ketidan yuboradi. U suratga olish jarayonini kuzatishi va ssenariyda ko‘rsatilmagan biror narsa bo‘lsa, xabar berishi kerak edi.
  • Svetlana Svetlichnaya ijro etgan epizod olib tashlanish uchun birinchi nomzod bo‘ladi — senzura uni juda ochiq sahna deb izohlaydi. Ushbu mashhur sahna rasman sovet kinosidagi birinchi ochiq sahna hisoblanadi. Va umuman olganda, Gayday sovet tomoshabinlariga kapitalizmning bir qismini ko‘rsatgandi: sharob, raqs, ayollar va boshqalar.
  • Namunali oila boshlig‘i Semyon Gorbunkov roli Nikulin uchun maxsus yozilgan. Bundan tashqari, uning oilasi filmda rol o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi: Nikulinning rafiqasi sayyohlar guruhining rahbari, o‘g‘li Maksim esa orolda Andrey Mironov ko‘rgan to‘r ushlab olgan bola rolida ko‘rinish bergan.
  • Asosiy sahnalardan birida, qahramon yiqilib, “Jin ursin” deyishi kerak bo‘lganda Nikulin aytilganidek yiqila olmaydi. Keyin Leonid Kanyevskiy uning o‘rniga yiqiladi va birinchi kadrdayoq hammasini to‘g‘ri bajaradi.
  • Andrey Mironov labirintga o‘xshash tor ko‘chalarda adashib qolgan eski Istanbul sahnalari Bokuda dahshatli jaziramada suratga olingan. Mironov oq vodolazka va sintetik kostyumda bo‘lgan. Shundan keyin aktyorning ekzemasi ko‘payib ketadi, doimiy grim ham vaziyatni yanada yomonlashtiradi.
  • “Brillliant qo‘l” filmi tomoshabinlar soni bo‘yicha “Kavkaz asirasi” filmini ortda qoldiradi va eng ko‘p daromad keltirgan sovet filmlari beshligiga kiradi.

“Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”

Foto: Filmdan kadr

1973-yil

  • “Ivan Vasilyevich” filmi ham ikki marta senzuradan o‘tkazilmaydi: badiiy kengash rejissordan suratga olingan 177 metrlik kadrlarni kesib tashlashni talab qiladi. Hammadan ham “Goskino” bosh muharririga Gaydayning Ivan Grozniyni ahmoq qilib tasvirlagani mutlaqo yoqmaydi.
  • Dastlab Ivan Grozniy va uy boshqaruvchisi Bunsha rollarini Gaydayning sevimli aktyori Yuriy Nikulin o‘ynashi kerak bo‘lgan, lekin u bu rollarni rad etadi, chunki bunday sujetli filmni badiiy kengash o‘tkazmasligiga shubha ham qilmagandi.
  • Aytishlaricha, o‘sha davrdagi aksariyat filmlardan farqli o‘laroq, kartinadagi ovqatlar haqiqiy bo‘lgan. Odatda sovet davridagi filmlarda bo‘lgani kabi mahsulotlar soxta narsalarga almashtirilmaydi, natijada shohona tushlik sahnasi 200 rublga tushadi.
  • Gaydayga mashhur komediya uchun 5948 rubl to‘langan, 2000 rubl ssenariy uchun berilgan. Yuriy Yakovlev 4350 rubl, Leonid Kuravlyov esa 2312 rubl oladi.