AdMe nashri vaqtingizni tejaydigan va sevimli taomlaringizni yanada mazali tayyorlash bo‘yicha maslahatlar to‘plamini tayyorladi.

Tuxumni kartoshka ezgich bilan oson maydalash mumkin

Foto: AdMe

Agar qaynatilgan tuxumni maydalashingiz kerak bo‘lsa, masalan, pirog yoki salat uchun, pichoqni olishga shoshilmang. Ishingiz kartoshka maydalagich bilan ancha tez va oson bitadi. Asosiysi, juda maydalanib ketmasligi uchun uni haddan tashqari ko‘p ezmang.

Quymoq xamirini sushi tayoqchasi yordamida bir tekis taqsimlash mumkin

Foto: AdMe

Quymoq xamirini tovaga bir tekis va yupqa qilib yoyish qiyin bo‘lishi mumkin. Mukammal yumaloq shakldagi quymoq chiqishi uchun sushi tayoqchasini egib, xamir ustidan yurgizing.

Limonni qirg‘ichdan osongina chiqarish uchun avval muzlatish kerak

Foto: AdMe

Limon po‘sti sous va kokteyllardan tortib ovqat va pishiriqlargacha bo‘lgan ko‘plab taomlarning mashhur tarkibiy qismidir. Achchiqroq oq qatlamga tegmasdan ustidagi po‘stini osongina maydalash uchun limonni muzlating. Bundan tashqari, limonad tayyorlashni yaxshi ko‘rsangiz, muzlatib, eritilgan sitrus mevalardan sharbat chiqarish ehtimoli ko‘proq ekanini unutmang.

Sariyog‘ni yumshatish uchun mikroto‘lqinli pechdan ko‘ra suv hammomidan foydalangan ma’qul

Foto: AdMe

Ba’zan muzlatkichdagi sariyog‘ni zudlik bilan yumshatish kerak bo‘ladi. Bunday paytlarda sariyog‘ni mikroto‘lqinli pechda eritgandan ko‘ra idishga solib, suv hammomiga qo‘yish yaxshiroq yechim bo‘ladi.

Qo‘ldagi piyoz hidini xom kartoshka yordamida osongina ketkazish mumkin

Foto: AdMe

Piyoz to‘g‘ralgandan keyin duch kelinadigan muammo — bu terida qoladigan va qo‘llarni sovun bilan qayta-qayta yuvgandan keyin ham yo‘qolmaydigan o‘tkir hid. Biroq buning yo‘li bor: piyoz hidini ketkazish uchun bir bo‘lak xom kartoshkani barmoqlaringizga surting.

Tuxum yaxshiroq archilishi uchun ularni qaynatish emas, balki pechda pishirgan ma’qul

Foto: AdMe

Ko‘pchilik tuxumni silliq archolmay, jig‘ibiyron bo‘ladi. Yaxshiyamki, bu muammoning yechimi bor. Pechni 160 darajaga qizdirib, tuxumni keks idishiga soling va 30 daqiqa davomida pishiring. Keyin 10 daqiqaga sovuq suvga solib qo‘ying.

Tuxumni po‘stlog‘idan oson tozalash uchun qaynayotganda idishga bir bo‘lak limon soling

Foto: AdMe

Agar ko‘proq tuxum pishirishingiz kerak bo‘lsa-yu, pech bo‘lmasa, buning boshqa usuli ham bor: pishirish paytida idishga bir bo‘lak limon soling. Natijada tuxum po‘stidan osongina ajraladi.

Piyoz ko‘zingizni yoshlamasligi uchun uni muzlatkichda soviting

Foto: AdMe

Buning uchun piyozni sovitkichga 30 daqiqaga qo‘yish yoki muzxonasida 15 daqiqa muzlatish mumkin. Natijada piyoz suvi bilan birga ajraladigan moddalar zararsizlanadi va ko‘z yoshi to‘kilishiga sabab bo‘lmaydi.